Obrazlilik va badiiy obraz. Badiiy obrazning o'ziga xos xususiyatlari Darsning shiori: Yo'l yomon-u yaxshidin chekmagil g'am Bismilloh degin-u tashlagil qadam. Alisher Navoiy Obraz va uning turlari Badiiy obraz nima? Bu savolga javob berishdan avval «obraz» so'zining nima ekanli¬gini bilish lozim. Bu so'zning o'zaga «raz» (chiziq) bo'lib, o'ndan «razit» (chizmoq, o'ymoq), o'ndan «obrazit» (chizib, o'yib, yo'nib shakl yasamoq) paydo bo'lgan. Ana shu «obrazit» so'zidan «obraz» atamasi vujudga kelgan. Bu so'z «umuman olingan tasvir» ma'nosini bildiradi. San'at va adabiyotdagi obraz San'at va adabiyotdagi obrazning ilm - fandagi obrazdan ko'ra ta'sirchan bo'lishining asosiy sababi o'nda voqea - hodisalar ijodkorning aql - tafakkuri, qalb quvvati bilan boyitilganidadir. San'atkor ularga o'z his - tuyg'ulari, hissiyotlari bilan jilo beradi. Haykaltarosh oddiy xarsang tosh, yog'ochni chizib, yo'nib, o'yib shakl beradi, ya'ni obraz yaratadi. Badiiylik yaratish Musavvir borliq hodisalarining dabdurustdan sezish, payqash mushkul bo'lgan qirralarini ta'sirchan bo'yoq, rang, chizgilar vositasida xuddi jonliday, harakatlanayotganday namoyon etishga intiladi. Shoir, yozuvchi esa so'z vositasida voqelikning yorqin manzarasini yaratishga harakat qiladi. Kishilarni turli vaziyatlarda so'zlatadi. Ularning holat, ko'rinishlaridagi eng e'tiborli jihatlarini gavdalantiradi, kungkida kechayotgan o'y, xayolidagi manzaralarni ma'lum qiladi. So'z shoir, yozuvchining badiiylik yaratishdagi asosiy quroli sanaladi. «Obraz» termini Bevosita badiiy obraz nima ekanligini sharhlaydigan bo'lsak avvalo, adabiy asarda (umuman, san'atning barcha turlarida) ta'sirlangan inson, narsa-buyum, hodisalarning barchasi obraz deb yuritiladi. Chunki ularning har biri hodisaning ma'lum bir qirrasi, jihatini o'zida namoyon etib, voqelikni to'la tasavvur etish imkonini beradi. Biroq «obraz» terminini, avvalo, insonga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiq. Chunki san'at va adabiyot asarlarida hayotning har qanday ko'rinishlarini ko'rsatishdan ko'zda to'tilgan maqsad avvalo insondir. San'at va adabiyotda obraz deyilganda inson nazarda to'tilar ekan, demak u ijodkorning maqsad, muddaosini ifoda etuvchi kishi tasviri bo'ladi. Yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh bu kishini o'z hayotiy kuzatishlari, tajribasi, xayoli quvvati bilan yaratadi. V. Belinskiy san'at va adabiyotda obraz deyilganda inson e'tiborga olinishini ta'kidlar ekan, «Tabiat san'atning timsolidir, lekin o'ndagi eng oliy predmet esa albatta inson hisoblanmog'i kerak», deydi. Chunki inson san'at va adabiyotning asosiy ta'sir vositasi ekanligi haqiqatdir. Jumladan, asosiy qahramonlari hayvonlar bo'lgan masallarda ham odamlarning harakat - holatlari ramz (simiol)lantiriladi. Shuningdek, badiiy obraz deyilganda inson bilan birgalikaa ijodkor qo'llagan ifodalar, ko'chma ma'no beruvchi so'z, iboralar ham tushuniladi. Obrazlilik Obrazlilik badiiylik ichida yashaganidek, obraz obrazlilikning mohiyatini o'zida tashiydi. Shu sabab obraz tushunchasi (demakki, keng ma'noda badiiylik) adabiyot ilmining bosh masalalaridan sanaladi, chunki unda obrazlilikning mohiyati borlig'icha namoyon bo'ladi. Demak, yozuvchi-san'atkorning butun salohiyati (mahorati, ruhshunosligi, kashfiyoti, donishmadligi) u yaratgan obrazlarda muhrlanadi. Obraz atamasi Obraz atamasi raz (chiziq) so'zidan olingan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
143.62 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
143.62 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:30 ]
Arxiv ichida: ppt