Odil Yoqubov - serqirra ijodkor REJA: 1. Adibning hayoti va ijodiy faoliyati 2. Burch, diyonat, adolat muammosini yoritish yozuvchi ijodining bosh mavzusi 3. «Ulug'bek xazinasi» - tarixiy romanchiligimiz ravnaqida muhim hodisa 1.Adibning hayoti va ijodiy faoliyati. YUksak saviyadagi badiiy asarlar yaratishga qodir bo'lgan haqiqiy iste'dodlar kam uchraydi. Zabardast adib va jamoat arbobi Odil YOqubov ana shunday noyob iste'dod sohiblaridan biridir. U o'z ijodi bilan XX asr o'zbek adabiyotini boyitib, badiiy tafakkur taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shdi. Odil YOqubov 1927 yilda Qozog'istonning CHimkent viloyati Turkiston tumanidagi Otaboy qishlog'ida tug'ilgan. Odil YOqubovning bolaligi qaltis davrlarga to'g'ri keldi. Odil YOqubov beshinchi sinfga o'tgan, dunyoning g'am-tashvishlarisiz, beg'ubor bolalikning nash'asi bilan charx urayotgan bir paytda uning qanoti qayrildi. Davlat ishlarida band bo'lishiga qaramay, bolalariga kitob o'qib berishni kanda qilmaydigan otasi qatog'on qurboni bo'ldi. Har jihatdan nochor ahvolda qolgan Odil YOqubovlar oilasini qarindosh-urug'lari qishloqqa ko'chirib olib ketishdi. Ulardan mehrlarini darig' tutishmadi. Ayniqsa, maktab direktori bo'lib ishlaydigan pochchasi Ne'matulla aka oilaga, Odil YOqubovga samimiy ko'mak beradi. Uni maktabga o'qishga va ishga joylashtiradi. Uning maktab kutubxonasida ishlashi tashna yo'lovchining tasodifan chashmaga duch kelib qolishiga o'xshaydi. U bu erdagi kitoblarning hammasini o'qib chiqadi. Biroq ko'ngilli, dilni yayratadigan mashg'ulot ham uzoq cho'zilmaydi. Urush boshlanadi. Odil YOqubov sevimli ishini tark etishga - o'qishni tashlashga majbur bo'ladi. U urush davrida qishloq o'smirini qilishi shart bo'lgan barcha yumushlarni bajaradi. Ikkinchi jahon urushida qatnashish uchun yoshini bir yoshga katta ko'rsatib, 1945-yilda frontga ketgan. YAponiyaga qarshi olib borilgan harakatlarda qatnashish uchun bepoyon Gobi sahrosini yayov kezib chiqib, o'limlardan omon qolgan. 1945-1950 yillar orasida Odil YOqubov armiya safida xizmat qiladi. U YAponiya bilan bo'lgan urushda qatnashdi. SHunday qilib, Odil YOqubov yigirma besh yoshga etguncha turmushning uncha-muncha qiyinchiliklarini boshidan kechirdi. ehtimol, bu hayotning murakkabliklari, sinovlari Odil YOqubovning shaxs sifatida ulg'ayishini ta'minlagandir, boy hayotiy tajriba yozuvchilik «ko'zi» ning tezroq ochilishiga olib kelgandir. Frontdan qaytgach, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMI)ning filologiya fakulьtetida o'qib, uni imtiyozli diplom bilan tugatgan (1956). O'zbekiston YOzuvchilar tashkilotida maslahatchi (1955-1959), «Literaturnaya gazeta» da maxsus muxbir (1959-1963, 1967-1970), «O'zbekfilm»da, O'zbekiston Kinomatografiya davlat qo'mitasida bosh muharrir (1963-1967), G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida (1970-1982) «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasida bosh muharrir (1982-1987) bo'lib ishlagan. Odil YOqubov 1987-yildan 1996-yilgacha O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo'lib mehnat qildi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach Odil YOqubov ijod qilish bilan birga, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika atamashunoslik qo'mitasiga rais, Markaziy Osiyo Xalqlari madaniyati assambleyasining vitseprezidenti sifatida uzoq vaqt samarali ish olib bordi. Adib biografiyasiga, hayot tajribasiga oid bu faktlarni eslashdan maqsad shuki, ular adib ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.14 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.14 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:30 ]
Arxiv ichida: doc