Ogahiy - tarixchi va tarjimon

Ogahiy - tarixchi va tarjimon

O'quvchilarga / Adabiyot
Ogahiy - tarixchi va tarjimon - rasmi

Material tavsifi

Ogahiy - tarixchi va tarjimon Ogaxiy o'zbek she'riyati xazinasiga munosib xissa qo'shgan atoqli shoir bo'lish bilan birga, iste'dodli tarjimon va moxir tarixnavis sifatida xam madaniyatimiz tarixida alohida nom qoldirgan ijodkordir. U arqning atoqli ijodkorlari yaratgan 19 ta kitobni o'zbek tiliga o'girib, xalqimizning ma'naviy-ma'rifatning taraqqiyotiga ulkan xissa qo'shdi. Ta'vizul oshiqin devoni debochasida u o'zining tarjima asarlarini birma-bir ko'rsatib o'tgan:faqirning turkiy tili birla tarjima qilgan kitoblari: Ravzatus-Safoning ikkinchi daftaridin chaxor yeri izomning voqeasi, uchlanchi daftari va Nodirnoma va Zubdatul-xikoet va Iiftoxut-tolibin va Axloqi Muxsiniy vaVasfiy va nasihatnomai Kaykovus va salamonu Absoli, Jomiy va Gulistoni Sa'diy va bahoriston Jomiy va Ravzatus-safoi Nosiriyning birinchi daftari va Daloyilul-xayrat shaxrikim, rum turkiysidan chigatoy tiliga o'kazildi va Tazkirai Muqimxoniy va Taqoboti Akbarshoxiy va Haft paykari Nizomiy va «Hisht bixishti»i Xisraviy va «Yusuf-Zulayxo»i Jomiykim, manzum bo'ldi va «Shoxi gado»i Hiloliykim manzum bo'ldi». Ogaxiy tarjima qilgan kitoblarning 9 tasi badiiy, 6 tasi tarixiy va 4 tasi axloqiy yoki falsafiy-axloqiy xarakterdagi asarlardir. Ogaxiy bajargan ijodiy ishning ko'lami xam, saviyasi xam kishini xayratga soladigan darajada ulugdir. Adabiyot tarixiga xech bir adib tarjima sohasida bunchalik katta maxsul yaratgan emas. Muhammadrizo Ogaxiy tarjimasidagi asarlar Sharq adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. Nizomiy, Xusrav Dexlaviy, Sa'diy, Jomiylarning xar biri fors-tojik adabiyoti tarixida alohida nom qozongan o'ziga xos she'riyat olamini yaratgan ulkan ijodkor bo'lib, ularning nomi o'zbek xalqi orasida ko'p asrlardan beri mashxur va ma'lum edi. Nizomiy Ganjaviy (XP asr) «Xamsa» sining to'rtinchi dostoni bo'lgan «Haft paykar» Baxrom-Go'r syujeti asosida yozilgan, unda ulug shoirning adolatli shox haqidagi qarashlari, shoxlik va ishq-muhabbat, davlat va raiyat orasidagi munosabatlar masalasi badiiy obrazlar orqali ochib berilib, zulm va bosh-boshdoqlik qoralanadi. Xisrav Dexlaviyning «Hisht baxisht» va Navoiyning Sab'ai sayyor dostonlari Nizomiyning shu asariga tatabbu tarzida yozilgandir. Shayx Sa'diyning (XP asr) nomini jahonga yoyganGuliston esa, real insoniy munosabatlar, turmushning xar doim takrorlanib turadigan hodisa-voqealarini aks ettiruvchi nasriy hikoyatlar, xalq donoligining xazinasi bo'lgan zarbulmasal, xikmat,oforizmlar bilan bezatilgan va ajoyib bir dulnishin uslubda, zo'r shoirona tarovat bilan yozilgan asardir. Bu kitob inqilobgacha o'zbek maktablarida axloq darsligi sifatida o'qitilib kelinar edi. Ogaxiy qilgan tarjimalar ro'yxatida uchta asar Abdurahmon Jomiyga tegishli Yusuf va Zulayxo, Salomon va Absol-Jomiyning Haft-avrangiga kirgan ishqiy-sarguzasht xarakteridagi dostonlar bo'lsa, bahoriston-Sa'ldiyning Gulistoniga o'xshash, nasru nazm omo'xta qilib yozilgan axloqiy va ilmiy-adabiy xarakterdagi asardir. Jomiyning asarlaridan, xususan, Yusuf va ZulayXo kitobxonlar orasida juda keng tarqalgan edi. Extirosli vasadoqatli muhabbat tarixi, falsafiy-so'fiyona g'oyalarni katta san'atkorlik bilan ifodagan bu doston turli tabaqaga mansub kishilarning qalbini rom etib kelgan. Kaykovusning (X1 asr) pandu o'gitlariga serob Qobusnomasi xam, atoqli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.9 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.9 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga