Ogahiyning lirik qahramon yaratish mahorati

Ogahiyning lirik qahramon yaratish mahorati

O'quvchilarga / Adabiyot
Ogahiyning lirik qahramon yaratish mahorati - rasmi

Material tavsifi

Ogahiyning lirik qahramon yaratish mahorati mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija. Kirish. I bob. Ogahiy lirikasida obrazlar rang-barangligi. II. bob. Ogahiy she'riyatida oshiq va ma'shuqa obrazlari talqini. II bob. Lirik qahramon yaratishda poetik mahorat. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. K I R I SH Ogahiy o'zbek adabiyotining XIX asr birinchi yarmida o'tgan yirik namoyondalaridan biridir. Zamonasining ilg'or farzandi bo'lgan Ogahiy har taraflama kamol topgan ijod egasi edi. Bu uning bizgacha yetib kelgan katta merosidan ko'rinadi. Ogahiyning she'riy ijodi uning o'zi tomonidan 1852 yilda tuzilgan Ta'vizal oshiqin devonida to'plangan bo'lib, bu devon qariyb 18 ming misradan (9 ming baytdan) iborat. Devonda o'zbek adabiyotida qadimdan mavjud bo'lgan poeziyaning hamma danrlaridan juda yaxshi namunalar keltirilgan. Ogahiyning qo'shni fors-tojik va ozarbajon xalqlari adabiyotining eng yaxshi namunalarini o'zbek tiliga tarjima qilib, o'z xalqiga yetkazdi. Ogahiy tomonidan tarjima qilingan asarlarning soni 20 ga yaqin bo'lib, ular ichida Nizomiy, Sa'diy, Jomiy va boshqalarning ijodidan namunalar bor. Ogahiy tarjima qilgan shoirlar va ularning asarlari asrlar o'tsa-da, ularni yetishtirgan xalqlar madaniyati tarixida, ko'plari esa butun dunyo madaniyati tarixida hozirgacha o'z qimmatini saqlamoqda; bu asarlar nasldan-naslga o'tib kelmoqda. Bu hol bizga Ogahiyning zehni o'tkir, didi baland, dunyoqarashi ilg'or shaxs bo'lganidant guvohlik beradi. Ogahiy o'zininng mohirona tarjimalari bilan o'zbek xalqi madaniyati va adadbiyoti xazinasiga katta xissa qo'shganligi shubhasizdir. Ayni zamonda, bu tarjimalar Ogahiy dunyoqarashining shakllanishi, uning shoir va olim sifatidagi ijodiy ishi uchun ulug' maktab bo'lgan. Nihoyat, Ogahiy saroy o'rganilish tarixi shaklida yozilgan, o'z zamonasida bo'lib o'tgan juda ko'p hodisalardan guvohlik beruvchi Xorazm xonligi tarixiga oid beshta tarixiy asar yozib qoldirgan. Ana shunday barakali ijodi bilan Ogahiy bizning oldimizda juda sermahsul ijodchi, o'z xalqi madaniyati, adabiyoti uchun katta xizmat qilgan siymo bo'lib gavdalanadi. Shubhasiz, Ogahiy merosi o'zbek xalqi adabiyoti tarixida o'ziga tegishli o'rinni egallaydi. Shu davrda barcha xalqlar, shu jumladan O'zbekiton xalqlari juda uzoq zamonlar feodalizm tuzumi zulmi ostida ezilib, feodalizmi himoya qiluvchi islom dini va shu tuzum tug'dirgan behisob, turli xilda ko'rinuvchi xurofat, tassubning ruhiy quli bo'lib keldilar. Hamma dinlarga o'xshab, islom dini mohiyatida ham hokim sinflarga xizmat qilish g'oyasi yotadi. Islom dini mavjud tuzumning barqarorligini - abadiyligini tasdiqlash, bu qarashni barcha mehnatkash omma ong - tushunchasiga singdirish vazifasini bajaradi. Shu maqsadda dunyodagi hamma hodisa taqdir- xudoning amri bilan vujudga keladi, deb ta'lim beradi. Bu qarashga ko'ra birovning boyligi, gadoyligi, birovning shoh, fuqaro bo'lishini -hammasi taqdiri azalda yozilgan qismat. Buni o'zgartirishga odam bolasi qodir emas. Bu o'ta ketgan ta'sirli qarash faqat ekspluatasiya qiluvchi sinflar hukmronligini saqlashga xizmat etadi, hammani shunga ko'ndirishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.79 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.79 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga