O'g'rining himoyasiga ikki og'iz so'z

O'g'rining himoyasiga ikki og'iz so'z

O'quvchilarga / Adabiyot
O'g'rining himoyasiga ikki og'iz so'z - rasmi

Material tavsifi

«O'g'ri»ning himoyasiga ikki og'iz so'z Ko'pchiligimizni o'ylatib, adabiy davralarda turli bahslarga sabab bo'layotgan, biroq uzil-kesil bir tarafga hal etilishi mahol bo'lgan muammolar tahliliga bag'ishlangan maqolalar matbuotimizda, ko'p bo'lmasa-da, e'lon qilinib turibdi. Shubhasiz, bunday maqolalar juda katta ahamiyatga molikdir. Zero, ular o'quvchini befarq qoldirmaydi: o'ylashga, munosabat bildirishga undaydi - alal-oqibat tafakkurimizni boyitadi. Suvon Meliyevning «Mehr sehri» nomli maqolasi, fikrimizcha, ayni shunday chiqishlardan bo'libdi. Ko'pchilik qatori o'z ko'mochimizga kul tortish bilan ovorai sarson bo'lganimiz bugungi kunda ayni shu maqola ayrim mulohazalarimizni o'rtaga tashlashga undadiki, buning uchun muallifdan behad minnatdormiz. Maqolada muallif o'zbek hikoyachiligining nodir namunalaridan bo'lmish «O'g'ri» (A. Qahhor) hikoyasiga yangicha munosabat bildiradi, uni bugungi kun nuqtai nazaridan baholashga harakat qiladi. S. Meliyev «O'g'ri» hikoyasi adabiyotimizda o'z o'rnini topib bo'lganini e'tirof etgani holda «unga umuminsoniy barkamol badiiylik namunasi emas, balki totalitar davrning badiiy hujjati sifatida qarash tarafdori» ekanligini yozadi. Munaqqidning fikricha, hikoyani umuminsoniy badiiyat doirasidan chetga chiqaruvchi narsa shuki, Qobil boboga hech kim, «hatto uning dard- alamini qalamga olmoqchi bo'lgan yozuvchi ham» rahm-shafqat qilmaydi. Muallif mazkur fikrni asoslab yozadi: «Badiiy mukammallik(ka) yolg'iz so'z-tasvir mahorati, yorqin detallar, rangdor til kabi sof badiiy tushunchalardan tashqari adabiy qahramonga ( demak, insonga) insoniy Mehr, taqdiriga sidqidildan ko'yinish hamdir. Shunday mehrsiz, lekin yuksak mahorat bilan bitilgan asar ham baribir badiiy nomukammaldir». Umuman olganda, S. Meliyev to'la haq. Darhaqiqat, insonga muhabbat -umuminsoniy qadriyatlar yadrosi, usiz qadriyatlar parokanda bo'lib ketadi. Haqqast rost: insonga muhabbat hissi bilan yo'g'rilmagan asar badiiyatdan yiroq tushadi. Biroq, bizningcha, asarda o'sha muhabbatning qay darajala yohud qay yo'sinda ifodalanishini belgilashga, uning oshkora yoki pinxona bo'lishini talab qilishga haqli emasmiz. Shu mulohazaga tayangan holda boshdanoq o'zimizning aksilda'vomizni o'rtaga tashlaymiz: adabiyotimizda inson, xalq taqdiriga ko'yinib yozilgan «O'g'ri» darajasidagi asarlar kam topiladi. Endigi muddaomiz shu da'voni imkon doirasida asoslash, xolos. Ma'lumki, «O'g'ri»da yozuvchi «xolis kuzatuvchi» mavqeini tutgan: u voqea-hodisalarga aralashmaydi, uning vazifasi - badiiy voqelikni o'quvchi ko'z oldida jonlantirish. Hikoyaning aksar qismi mo'jaz «sahna- ko'rinish»lardan tashkil topganki, unda tasvirlanayotgan voqealarni o'quvchi ko'proq «ko'radi», ya'ni, o'quvchi ham asar voqeligidan chetda turadi. Tabiiyki, shu o'rinda «nima uchun yozuvchi o'zini ham, o'quvchini ham asar voqeligidan chetga tortdi?» degan savol tug'iladi. Bizningcha, hikoyada «chetlanish» («ostraneniye») usulidan foydalanarkan, A. Qahhor muayyan g'oyaviy-badiiy niyatni ko'zlagan. Avvalo shuni aytish lozimki, qo'llangan usul o'quvchini hissiy emas, ko'proq aqliy mushohadaga undaydi. Ikkinchidan, kitobxon hikoya badiiy voqeligidan chetda turgani uchun ham konkret bir epizod (deylik, Qobil bobo va amin uchrashuvi) yohud obrazga munosabat doirasida qolib ketmaydi. Aksincha, o'quvchi hamon ko'z oldida turgan hikoya voqeligidan turtki olib hayot haqida, inson ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 440.9 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 440.9 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga