Oila muqaddas dargoh dars ishlanma

Oila muqaddas dargoh dars ishlanma

O'quvchilarga / Adabiyot
Oila muqaddas dargoh dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

bir soatlik dars ishlanmasi Mavzu: Oila - muqaddas dargoh Oila - muqaddas dargoh Oilani muqaddas bilish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida oila manfaatlarini himoyalash, jamiyatdagi mavqei va maqomini yanada yuksaltirish, yosh oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo'mitasi, O'zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati va Respublika «Mahalla» jamg'armasining Toshkent shahar bo'limlari tomonidan Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi «Chorvoq» oromgohida tashkil etilgan «Oila - muqaddas dargoh» mavzuidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ana shular haqida so'z bordi. Unda yosh kelin-kuyovlar, huquqshunos, psixolog olimlar, mahalla, xotin-qizlar qo'mitalari faollari, diniy-ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchilar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari dastlab Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo'lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydilar. Toshkent shahar hokimi o'rinbosari, shahar xotin-qizlar qo'mitasi raisi, F.Abdurahimova, Respublika «Mahalla» jamg'armasi raisi o'rinbosari, Toshkent shahar «Oila» ilmiy-amaliy markazi rahbari G.Yo'lchiyeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoyalash masalasiga davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladilar. Bu jihatlar yosh oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ezgu ishlarda o'zining yorqin ifodasini topmoqda. «Yoshlar yili» Davlat dasturida yosh oilalarga ma'naviy va moddiy jihatdan ko'maklashish, ularga munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy turmush sharoitlarini yaratish uchun zarur mablag'lar va kreditlar berish, ma'naviy boy va jismonan sog'lom farzandlarni tarbiyalash chora-tadbirlarining samarali tizimini amalga oshirish masalasiga alohida ahamiyat qaratilgan. Toshkent shahar hokimligi shahar xotin-qizlar qo'mitasi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bu boradagi vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshirmoqda. Davlatimiz rahbarining 2007 yil 18 mayda qabul qilingan Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoniga muvofiq joylarda yangi ish o'rinlari ochish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka faol jalb qilish, yosh oilalarga o'z biznesini tashkil etish, oilalarning mehnat bilan bandligi va ularda barqaror daromad manbalarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish, yosh oilalarga ipoteka va iste'mol kreditlari ajratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni paytda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda yosh oilalarga amaliy yordam berilib, sifatli ta'lim, tibbiy, huquqiy, axborot, maslahat va boshqa xizmatlar ko'rsatilmoqda. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali kam ta'minlangan oilalar farzandlari bo'lgan yoshlarga, shu jumladan, to'y marosimlarini o'tkazishda moddiy yordam ko'rsatish masalasi ham doimiy e'tiborda. Tadbirda yoshlarni oila qurishga tayyorlash, ularning nikoh va oila to'g'risidagi huquqiy bilimini yanada oshirish, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga yo'naltirilgan seminar-mashg'ulotlar, davra suhbatlari, viktorinalar, madaniy tadbirlar tashkil etildi. Oila - muqaddas dargoh O'zA, Nazokat Usmonova, 15.10.2007 16:35 Insondagi eng ezgu fazilatlar, uning dunyoqarashi, hayotga bo'lgan munosabati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 355.12 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 355.12 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga