O'lmas Umarbekov

O'lmas Umarbekov

O'quvchilarga / Adabiyot
O'lmas Umarbekov - rasmi

Material tavsifi

7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 11-mavzu O'lmas Umarbekov (1934 -1994) Taniqli o'zbek yozuvchisi O'lmas Umarbekov 1934-yilning 25-yanvarida Toshkent shahrida tug'ilgan. Millatimiz hayotida chuqur iz qoldirgan jadid Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda o'qigan. Maktabni oltin me'dal bilan bitirgan O'lmas o'sha vaqtdagi O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga o'qishga kirgan. O'zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo'shgan adib O'lmas Umarbekov serqirra iste'dod sohibi edi. 1956-yilda Respublika radiosida muharrir sifatida ish boshlagan O'. Umarbekov 1971-yilgacha bosh muharrir lavozimigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1971-1974-yillarda O'zbekiston kompartiyasi Markaziy qo'mitasida sektor mudiri, 1974-1981-yillarda «O'z bekfilm» kinostudiyasi direktori, 1982-1986-yillarda Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari, 1987-1989-yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1989-1991-yillarda Respublika Bosh vazirining o'rinbosari kabi o'ta mas'ul lavozimlarda mehnat qildi. Taniqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi O'lmas Umarbekov uzoq davom etgan og'ir kasallikdan so'ng 1994-yilning 10-noyabrida vafot etdi. O'lmas Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan boshla gan. Yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956) nomli birinchi asariyoq «Yilning eng yaxshi hikoyasi» deb tan olinib, maxsus mukofot bilan siylandi. «Hikoyalar» (1959), «Qishlog'imiz kishilari» (1960), «Yulduzlar» (1962), «Charos» (1962), «Bolgar qo'shiqlari» (1966), «Ko'prik» (1968), «Oltin yaproqlar» (1970), «Qiyomat qarz» (1976), «Yer yonganda» (1993) singari o'ndan ortiq to'plamda uning yuz lab hikoyalari bosildi. Hikoyalari O'. Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosiga kirishga va odamning o'y-tuyg'ularini ichdan turib tasvirlashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuchli. Adibning: «Sevgim, sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yo'q» (1965), «Urush farzandi» (1972), Damir Usmonovning ikki bahori» (1978), «Cho'li Iroq» (1971), «Yoz yomg'iri» (1973), «Oq qaldirg'och» (1974) kabi qissalari milliy nasr rivojida salmoqli o'rin tutgan asarlardir. Qissalari O'lmas Umarbekov mohir qissanavis sifatida ham e'tibor qozongan. O'lmas Umarbekov qissa janrining yangi qirralarini kashf etdi. Jumladan, o'sha paytga qadar o'zbek adabiyotida deyarli qo'l urilmagan detektiv yo'nalishidagi «Yoz yomg'iri» qissasi sujet to'qimasining murakkabligi, voqealar ta'sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromining shiddatkorligi bilan e'tiborni tortadi. Adibning «Urush farzandi» qissasi ham voqealar rivojining sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganligi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning samimiyligi bilan e'tibor tortadi. Adibning ikkinchi romani «Fotima va Zuhra»da milliy ma'naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo'sinida aks ettiril adi. Asarda obro'-e'tiborli, halol o'qituvchi Abdullajonning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi omonsiz kurash ko'rsatib beriladi. Asarlari «Sud» (1970), «Komissiya» (1971), «Qiyomat qarz» (1974), «Shoshma, quyosh» (1978), «Kuzning birinchi kuni» (1979), «Arizasiga ko'ra» (1981), «Oqar suv» (1982), «Kurort» (1984), «Yer yonganda» (1993) singari asarlari adib O'lmas Umarbekov ijodining yana bir qirrasini namoyon etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga