Olmosh so'z turkumi (dostonlarvaxalq og'zaki ijodida)

Olmosh so'z turkumi (dostonlarvaxalq og'zaki ijodida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Olmosh so'z turkumi (dostonlarvaxalq og'zaki ijodida) - rasmi

Material tavsifi

Olmosh so'z turkumi (dostonlar va xalq og'zaki ijodida) Reja: Olmosh so'z turkumi haqida ma'lumot. Olmoshning ma'no turlari Xalq og'zaki ijodida olmoshning qo'llanishi Dostonlar tilida kishilik olmoshlari birlik va ko'plik sonlarda man (A.i=2; R.i=1) (men) (A.i=425; R.i=106) - biz (A.i=65; R.i=3), san (A.i=1; R.i=1) (sen) (R.i=101) - siz (A.i=10; R.i=9), u (A.i=66; R.i=42)- ular (A.i=21; R.i=9) qo'llaniladi va ular quyidagi stilistik maqsadlarni ifodalash uchun xizmat qilgan: 1. Ota-ona, yer-xotin, bir-birlariga juda yaqin kishilar, aka-ukalar suhbatlarida sensirab murojaat qilingan. «qipchoqlar bir zamonlar hatto otasini senlagan. Onalarini senlash ba'zi joylarda hozir ham bor. Qozoq va qirg'izlarda bu odat bugungacha ham davom etadi». Demak, sensirab gaplashuvlar dostonda hurmatsizlikni ko'rsatmagan. Masalan: Ena, sen devning makoni deb bilmay aytgansan (Rus.395). Ot so'ymoqni, aka, mendan ko'rasan, Avval sen otingni so'yib berasan (Alp.140). 2. Murojaat va undoshlarda sensirash andishasizlik, tarbiyasizlik, mensimaslik, dag'allik kabi ma'nolarda ishlatilgan. Sen ko'saning mendan o'lging keldimi? YO bilmayman kuning oxir bo'ldimi? (Rav.41). Mening yurgan yurishimni Ahmoq, sen kimga mengzading? (Alp.106). 3. Tinglovchiga hurmat nuqtai nazaridan siz olmoshi ishlatiladi: Otni chopdim tinmay dala-sahroga Men so'z aytay sizday qoshi qaroga (O.43). Bunday qo'llanishi, asosan, yuqori tabaqa kishilarga, yorga murojaat qilinganda qo'llangan. Taqsir, men bilmayman. Siz Orzigul ishqida kuygan bo'lsangiz, men bolam dardiga kuyganman, - dedi (O.43). Podshoyim, bizlar sizga arzga keldik (Rav.59). Ayo shohim, sizga aytar arzim bor, Olmadayin so'lgan cho'lday tarzim bor (Alp.33). 4. Biz olmoshi men, sen, ular ma'nosida, ya'ni uchala shaxs ma'nosida ishlatiladi. Biz har qaysimiz bitta-bitta qo'rg'onning egasimiz (Rus.356) (uchala shaxs ma'nosida). Ena, yo'ldan urma; nima bo'lsa boramiz. Qanday jondor bo'lsa ham, biz indamasak, tomosha qilgan odam bilan bekorga bo'g'isha bermas (Rus.394) (Men va sen ma'nosida). Bizlar borib podshoga bir maslahat qilaydik, undan keyin senga buyuramiz, sen ungacha turasan, - deb turib ketdilar (Rav.59) (Men va u ma'nosida). 5. Matnda egalik va shaxs-son qo'shimchalarining qo'llanishi KOning tushib qolishiga sabab bo'ladi. Masalan: Asl gavhar poralardan, Xizmatkor, fuqarolardan, halolxo'r bechoralardan, Barisidan judo bo'ldim (Rav.57) (I shaxs birlik ma'nosida). Keyin pushaymon qilarsan, - deb qoldi (O.5) (II shaxs birlik ma'nosida). Buning egasini toparmiz, deb qayerini qaraymiz (Rus.394) (I shaxs ko'plik ma'nosida). 6. Men, sen olmoshlarining man, san shakllari ham uchraydi. qo'lda qilichim bo'lganda, Nima jon bor edi sanda! (Rav.58). Savob uchun bergin endi o'g'lingni, Sanga bersa bu laganda pulini (O.4). 7. Tinglovchiga hurmat yuzasidan men olmoshi o'rnida biz olmoshi ishlatilib, kamtarlik, hayrixohlik ma'nosini beradi. Masalan: Necha-necha nasyangdan kuyganman, Harna bersang, to'ram bizga naq yaxshi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.13 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.13 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga