Omon Matjon - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 21-mavzu OMON MATJON Men she'r yozsam, endi uni qog'ozga emas, Anov yal-yal yonayotgan o'tga yozaman. Omon Matjon Zamonaviy o'zbek she'riyatining yirik vakili Omon Matjon 1943- yilning 14- fevralida Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog'olon qishlog'ida tug'ilgan. Otasi - Matjon Jumaniyoz o'g'li qishloq pochta bo'limi boshlig'i bo'lgan. Katta bobolari Jumaniyoz yirik sav dogar boy bo'lgan. Oktabr to'ntarishigacha Rossiyaga savdo ishlari bilan bir necha marta borib kelgan. XX asrning 20- yillarida boshlangan quloq lashtirish siyosatining oqibatini o'ylab, bor mol-mulkini hukumatga topshirgan. Omonning onasi Xotira opa go'zal va oqila ayol bo'lib, bo'lajak shoir hali go'dak ekanida dunyodan o'tgan. Omon Matjon o'z bolalik xotiralaridan birida quyidagicha eslaydi: Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo'lmasa-da, gazeta-jurnal bo'lar edi. Esimda, 1953- yilning 5- martida maktabda ertalab, hovlida majlis bo'lib, maktab o'quv bo'limi mudiri Stalinning o'lganini yig'ilganlarga ma'lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo'ldi. Men yig'lab uyga keldim. Ota, Stalin otamiz o'libdi! U kishi mollarga xashak solib yurgan edilar: Nishatiyin, mening otam ham o'lgan!, - dedilar beparvo! Tabiatan iste'dodli, ta'sirchan va g'oyat ko'p o'qiydigan Omon Matjon uchinchi sinflarda o'qib yurgan paytlarida she'rlar, ertaklar yozgan. Ilk she'ri 1958- yilning 15- martida Yangibozor tuman gazetasida bosilib chiqqan. O'n olti yoshida o'rta maktabni ugatgan Omon so'zga mehr qo'ygani sabab adabiyotni tanlamoqchi bo'ladi. Ammo otasining istagiga bo'ysunib, Aloqa institutiga hujjat topshiradi. Imtihonlardan o'tolmagach, radio-telefon tuzatish kursida o'qib, montyorlik qiladi. Keyingi yili Samarqand universitetining Filologiya fakultetiga o'qishga kiradi. O'qish o'rtasida harbiy xizmatga boradi. Harbiy qismning katta kutubxonasidagi deyarli barcha asarlarni o'qib chiqadi. Askarlikdagi uch yil bo'sh ketma sin deb, har kuni kamida bittadan she'r yozadi. Xizmatdaligida yozgan she'rlaridan bir turkumini o'zidan bir yil oldin uyiga ketgan do'stidan berib yuboradi. Sharq yulduzi jurnalining 1965- yil 5- sonida askar ning she'rlari bosilib chiqadi. Shundan buyon shoirning Ochiq derazalar (1970), Karvon qo'ng'irog'i (1973), Quyosh soati (1974), Yonayotgan daraxt (1977), Yarador chaqmoq (1979), Haqqush qichqirig'i (1979), Seni yaxshi ko'raman (1981), Daraxtlar va giyohlar (1984), Gaplashadigan vaqtlar (1986), Ming bir yog'du (1989), O'rtamizda birgina olma (1990), Qush yo'li (1993), Imon yog'dusi (1994), Saylanma (1997), Ardaxiva (2001) singari o'ttizga yaqin kitobi dunyo yuzini ko'rgan. O. Matjonning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy maktabni bitirgach, Toshkentga kelib, G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo'lim mudiri, so'ng Yoshlik jurnali bosh muharriri, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O'zbekiston davlat Matbuot qo'mitasi raisi o'rinbosari, Cho'lpon nashriyoti direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Omon Matjon 1993- yilda O'zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo'ldi. Omon Matjon - zamonaviy o'zbek she'riyatining yetakchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.19 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.19 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga