O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishda adabiyotning roli Reja: 1.O'quvchilarning og'zaki va yozma nutq madaniyatini shakllantirishda badiiy adabiyotning ahamiyati. 2.O'quvchilarning nutq madaniyatini o'stirishda adabiy-ijodiy insholar, adabiy o'qish mashg'ulotlarining amaliy foydalari xususida. Umumta'lim maktablarida adabiyot oldida turgan o'ta muhim vazifalardan biri tafakkur sohibini tarbiyalashdir . Tafakkuri keng bolagina ijodiy fikrlay oladi . Hamda fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri , ravon ifodalash imkoniyatlariga ega bo'ladi. Tafakkur sohibi ko'zda tutilgan til materiallarini shunchaki o'rganilmaydi , balki ulardan mohiyatini anglashga , adabiyot hodisalari orasida o'xshashlik va farqli tomonlarni aniqlashga kuzatish , qiyoslash , guruhlash , umumlashtirish singari aqliy faoliyat usullarini bajarish vositasida erishadi. O'quvchilarning o'g'zaki nutqini rivojlantirish ham bevosita ularning tafakkur darajasi bilan chambarchas bog'liq . Berilgan mavzuni mazmunan davom ettirib , matn hosil qilish . Bu birmuncha murakkb va samarali usullaridan biri bo'lib , o'quvchilar berilgan gapni mazmunan davom ettiradilar . Masalan , ko'chadan o'tib ketayotgan edim gapi o'quvchilar hukmiga havola etilgan bo'lsa , bir o'quvchi ko'chada bo'lgan qiziq voqeani , ikkinchi o'quvchi do'stini yoki tanishini ko'chada bo'lgan qiziq voqeani , ikkinchi o'quvchi do'stini yoki tanishini ko'chada uchratib , u bilan suhbatlashganini , uchinchi o'quvchi yo'l harakati qoidasini buzgani uchun yo'l nazoratchisi dashnom berganini , yana bir o'quvchi ko'chada o'tib ketayotganida keksa bir otaxon yoki onaxonga duch kelganini va unga ko'rsatgan yordamini bayon qiladi.Matn hosil qilingach , unga sarlavha topish bilan o'quvchilar zimmasiga yuklatiladi . Berilgan xalq maqollari yoki xizmatlar mag'zini chaqish va ularning manosini sharhlash . Ma'lumki maqollarda xalqimizning asrlar davomida to'plangan tajribalari , dono fikrlario'z ifodasini topgan . Tafakkur doirasi keng o'quvchi har bir xalq maqolining mag'zini chaqa oladi va shu haqda o'z fikrlar mulohazalarini bayon qiladi . Masalan , asragan ko'zga cho'p tushar maqolining mazmunini o'quvchilar quyidagi tartibda sharhlashlari mumkin : Ba'zi hollarda ko'z qorachag'idek avaylab kelinayotgan narsaga , xuddi o'rganishdek , biror shikast yetadi ayamay , o'z holiga tashlab qo'yilgan narsaga hech narsa qilmaydi . Berilgan matn asosida munozara qilish va munozara o'quvchining aqlini charxlaydi.O'z fikrini asoslashga o'rgatadi.Masalan,Ilmga amal qilmaslikning jazosi degan rivoyat matnning mazmuni qo'yidagicha: Naql qilishicha, Amir Abdullaxon bir navqiron yigitni hamisha o'zi bilan olib yurar ekan.Amir huzuridagi suhbatlarning birida bir shoir Amir Xusrav Dehlaviyning ta'kidlashicha, bir gapni yuz marta takrorlama,yuz gap mazmunini bir gapda chaq, -deb aytganlar, deydi.Amirga bu fikr juda ma'qul bo'ladi.Kunlardan bir kuni amir o'zining so'zamol, sergap vazirga Dehlaviyning ta'birini eslatib, tanbeh beradi.Vazir amirga Avf eting,shohim.Bu so'zlar Dehlaviyning emas, shayx Nizomiy qalaqmiga mansub,-deb e'tiroz bildiradi.Amir hayrat ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.77 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.77 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:26 ]
Arxiv ichida: doc