O'rta asrlar va Uyg'onish davri adabiyoti. O'rta asrlarda Evropa adabiyoti

O'rta asrlar va Uyg'onish davri adabiyoti. O'rta asrlarda Evropa adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
O'rta asrlar va Uyg'onish davri adabiyoti. O'rta asrlarda Evropa adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

O'rta asrlar va Uyg'onish davri adabiyoti. O'rta asrlarda Yevropaadabiyoti Reja: VI - XVII asrlar Yevropaadabiyotining davrlashtirilishi. Ilk o'rta asrlarda qahramonlik eposi. Diniy-cherkov adabiyotining g'oyaviy yo'nalishi. Ritsar-kurtuaz adabiyoti va uning janrlari. Uyg'onish davri Yevropaadabiyotining ahamiyati. Mil.iy V asrda qullar va kolonlarning qo'zg'olonlari hamda ularga xayrixoh bo'lgan varvarlarning Rimga bosqini natijasida Rim imperiyasi qulab, quldorlik tuzumi emiriladi. Uning o'rniga yangi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya - feodalizm vujudga keladi. U IV - V asrlarda tarkib topa boshlab, XI - XV asrlarda yuqori bosqichga ko'tariladi va XVI - XVII asrlarda inqirozga yuz tutib, emirila boshlaydi. Shu tariqa yerga xususiy mulkchilikka asoslangan feodalizm o'rnini kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari egallaydi. Shuning uchun qadimgi dunyo tarixining oxiri VI asrdan yangi zamon kapitalizmning boshlanishi - XVII asrgacha bo'lgan davr O'rta asrlar nomi bilan yuritiladi. O'rta asrlar adabiyoti ikki davrga bo'linadi: 1. Ilk o'rta asrlar adabiyoti. 2. Uyg'onish davri adabiyoti. Ilk o'rta asrlar adabiyoti 10 asrdan ziyod davrni qamrab oladi va o'z ichida ikki bosqichga bo'linadi: 1. Qabila tuzumining emirilishi va feodalizmning barpo bo'lishi davri adabiyoti (V - X asrlar). 2. Rivojlangan feodalizm davri adabiyoti (XI - XV asrlar). Ilk o'rta asrlar davri adabiyotining taraqqiyotiga uch omil barakali ta'sir ko'rsatdi: 1. Xalq og'zaki ijodi. 2.Antik san'at. 3.Xristianlik dini. Ilk o'rta asrlar adabiyotining ikkinchi bosqichi g'oyaviy-badiiy jihatdan bir muncha yuksak bo'lib, asosan u bilan bog'liq masalalarga to'xtalamiz. Bu bosqich adabiyotida uchta yo'nalish mavjud edi va ular quyidagilardir: 1. Xalq adabiyoti. 2. Diniy - cherkov adabiyoti. 3. Feodal - ritsar' adabiyoti. Xalq adabiyotining eng yetuk namunalari Frantsiya qahramonlik eposi Roland haqida qo'shiq, Ispaniya qahramonlik eposi Sid haqida qo'shiq, Germaniya qahramonlik eposi Nibelunglar haqida qo'shiq dostonlaridir. Dastlabki ikki asarda ham G'arbiy Yevropafeodallarining Salb yurishlari o'z aksini topgan. Ulardan keyingisi Sid haqida qo'shiqning markazida turuvchi bosh obraz tarixiy shaxs bo'lib, uning asl ism-sharifi Rodrigo Dias, Sid, to'g'rirog'i Said (arabcha janob) esa uning laqabidir. Rodrigo Dias 1040 - 1099 yillarda yashagan vaispaniyani arab istilochilaridan ozod qilish milliy harakati - rekonkistaning yirik arbobi sifatida shon-shuhrat qozongan. 1140 yilda yaratilgan bu asar o'z tuzilishiga ko'ra uch qismdan iborat: 1. Quvilish haqida qo'shiq. 2. To'y haqida qo'shiq. 3. Korpes haqida qo'shiq. Kastiliya qiroli Al'fons buyrug'i bilan vatanidan quvilgan Sidning harbiy drujina to'plashi va u bilan Valensiya viloyatini ozod etishi va boshqa voqealar asar asosiga qo'yilgandir. Nibelunglar haqida qo'shiq dostoni esa biz yuqorida qayd etgan asarlardan bir muncha farq qiladi. 1200 yilda yaratilgan bu asarda ko'chmanchilik davridagi nemis hayoti, qahramonlik va jangovor yurishlari o'z aksini topgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.54 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.54 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga