O'rta Osiyo bilan Hindiston o'rtasida XVI asr o'rtalarigacha bo'lgan siyosiy - diplomatik munosabatlar

O'rta Osiyo bilan Hindiston o'rtasida XVI asr o'rtalarigacha bo'lgan siyosiy - diplomatik munosabatlar

O'quvchilarga / Adabiyot
O'rta Osiyo bilan Hindiston o'rtasida XVI asr o'rtalarigacha bo'lgan siyosiy - diplomatik munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyo bilan Hindiston o'rtasida XVI asr o'rtalarigacha bo'lgan siyosiy -diplomatik munosabatlar REJA: 1. O'rta Osiyo bilan Hindiston o'rtasidagi munosabatlar 2. O'rta Osiyo bilan Hindiston xalqlari o'rtasidagi siyosiy aloqalar O'rta Osiyo bilan Hindiston o'rtasidagi munosabatlar juda qadimiy davrlardan boshlangan bo'lib, bu munosabatlar dastlab iqtisodiy (savdo) aloqalarda, so'ngra madaniy va siyosiy aloqalarda o'z ifodasini topgan. Buyuk geograf Strabon va Rim tarixchisi Pliniyaning ma'lumotlariga ko'ra, eng qadim vaqtlarda Hindiston va Xitoyda ishlab chiqariladigan qimmatbaho tovarlar -zira, dolchin, nil bo'yog'i, qora dori, fil suyagi, marvarid, olmos, ipak gazlamalari, bronza,chinnilar O'rta Osiyo orqali Vizantiya va Rimga olib borilgan. Strabonning yozishicha, makedoniyalik Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn)ning O'rta osiyo, Afg'oniston va Hindistonga yurishlarini kuzatib borgan Aristotel Baqtriya (Balx) ga yaqin yerda Oks (Amudaryo) dan o'tgan (eramizdan odingi 329 yili) va u Oks kemalar qatnashi uchun juda qulay. Bu daryo orqali hind mollari Girkin (Kaspiy) dengizi va bu daryodan qo'shni o'lkalar orqali Evkin Pontga keltiriladi ¹, deb yozgan. X asrda yashagan arab geografi Almakdisi Rossiya va Volgaga, bu yerdan O'rta Osiyoga hamda Xorazm orqali Hindistonga olmaxon, oq savsar, sassiq kuzan, tulki, qunduz va quyon mo'ynalari, echki terisi, shuningdek: sham, kamon o'qi, oq terak po'stlog'i, baliq yelimi, baliq tishi, kanakunjut moyi, anbar, oshlangan teri, asal va qilich, slavyan qllar va boshqa tovarlar olib borilardi, deb ko'rsatadi. Fransisko Lopets de Gomarning yozishicha, hind mollari avval suv yo'li -Hind okeani orqali, so'ngra Balxgacha tuyalarda va Oks daryosi orqali Kaspiy dengiziga,u yerdan astraxanga keltirilgan. Astraxandan esa kemalarda Volga orqali Donga, u yerdan daryo bilan Tanga va dengiz orqali Kaffaga keltirilgan¹. Temur askarlari tomonidan 1395 yili Astraxanning vayron qilinishi O'rta Osiyo orqali olib boriladigan xalqaro savdoga qattiq zarba berdi. Ayni damda Vasko de Gama Hindistonga Afrikani aylanib o'tadigan suv yo'lini topdi. Bu esa O'rta Osiyo orqali olib boriladigan xalqaro savdoning to'xtab qolishiga sabab bo'ldi. O'rta Osiyo va qo'shni Hindiston, Afg'oniston va Eron bir -birlari bilan iqtisodiy (savdo) aloqalarida bo'lib keldilar. XV-XX asrlarda O'rta Osiyo yana qo'shni Sharq mamlakatlarining Rossiya bilan savdo aloqalarida vositachilik rolini o'ynay boshlaydi. O'rta Osiyo bilan Hindiston xalqlari o'rtasidagi siyosiy aloqalar o'zining ming yillik tarixiga ega. Bu mamlakatning qalqlari og'ir tarixiy davrlarda o'zaro siyosiy hamjihatlik ham qilganlar.Bunday siyosiy hamjihatlikni ayniqsa Chingizxon boshliq mo'ng'ul ko'chmanchi bosqinchlariga qarshi kurashda yaqqol ko'rish mumkin. Mo'ng'ullar O'trar, Samarqand va O'rta Osiyodagi boshqa shaharlarni vayron qilib, Xorazm davlati territoriyasini bosib olganlaridan keyin, Xorazm shohi Muhammad II ning o'g'li Jaloliddin mo'ng'ullarga qarshi kuch to'plash maqsadida 1221 yilda Afg'onistonga so'ngra Hindistonga borib afg'on va hind knyazlaridan umumiy dushmanga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.72 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.72 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga