O'RXUN-ENASOY OBIDALARI Kul Tigin bitiktoshi (Mo'g'uliston) 10-sinf adabiyot darsligi asosida 2-mavzu: Mazkur obidalarning topilishi O'rxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bog'liq. Garchi bunday qadimiy obidalar key inchalik Sibir va Mo'g'ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turk iston, O'rta Osiyo, Kavkaz, Volgabo'yi, hatto Sharqiy Yevropadan ham topilgan bo'lsa-da, tarixda bu nom muqim o'rnashib qoldi. O'rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar shaklida topildi. O'rxun-Enasoy obidalari «toshbitiklari» deb ham yuritiladi. Buning sababi ko'pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o'yib yozilganidir. Ularning eng yiriklari «To'nyuquq» hamda «Kul Tegin» yodgorliklaridir. Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan va saqlanayotgan joylar: O'rxun va Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), shuningdek, Mo'g'uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya (Stokgolm), O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va boshqalar. «To'nyuquq» bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat. Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo'g'ulistonda turmush o'rtog'i Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo'lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi. To'nyuquq bitiktoshi (Mo'g'uliston) O'RXUN-ENASOY OBIDALARI HAQIDA O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messers hmidt yodgorliklarni Yevropailm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atro㍪dan - Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Enasoy daryosi qirg'oqlaridan ham shunday yodgorliklar topilgan. Ular keyinchalik O'rxun-Enasoy yodgorliklari nomini oldi. Ma'lumki, turkiy xalqlar o'z davlatiga ega bo'lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O'rxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O'rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo'lgan ulkan hududda o'z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI-VII asr voqealarini aks ettiradi. V-VI asr o'rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O'rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o'lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropava Sharqiy Osiyoni bog'lab turuvchi, «Buyuk ipak yo'li» ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo'lgan. Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarn ing birlashishiga olib keldi va 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VII asrgacha hukmronlik qildi. Toshbitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning o'ziga xos badiiy solnomasidir. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o'rganmoqda. V. Tomson va V. Radlovdan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.75 MB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:26
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.75 MB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:26 ]
Arxiv ichida: ppt