O'tkir Hoshimov ijodida Ona obrazi

O'tkir Hoshimov ijodida Ona obrazi

O'quvchilarga / Adabiyot
O'tkir Hoshimov ijodida Ona obrazi - rasmi

Material tavsifi

O'tkir Hoshimov ijodida Ona obrazi mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA Kirish. …….…3 I BOB. Xarakter va milliylik……9 1.1. Ona xarakterini yaratishda lirik ifoda va epik ko'lam…….15 1.2. Ona obrazini berilishida milliy an'analar va peyzaj tasvirining uyg'unligi24 II BOB. Ijodkor estetik ideali va zamon-makon masalasi32 2.1. Ona qiyofasini yaratishda yozuvchi mahorati va kompozitsion butunlik44 2.2. Ona obrazi va til badiyati52 Xulosa58 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati61 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik tufayli o'zbek xalqi tarixida, taqdirida yangi bosqich boshlandi. El-yurt milliy qadriyatlarni e'zozlagan va rivojlantirgan holda umumbashariy mezonlar asosida yashay boshladi. Badiiy adabiyotda tasvirlanguvchi inson qalbi va ongida ro'y berayotgan evrilish, o'zgarishlarning sir-sinoatlarini, sabab-oqibatlarini, ularning jamiyat ravnaqi, zamondosh kamolotidagi o'rnini, binobarin, shularni yuzaga chiqaruvchi yozuvchi mahoratini zug'umli siyosat va mafkura emas, umumbashariy, insonparvar mezonlar, milliy qadriyatlar tadqiq etish lozimligi bugungi adabiyotshunoslik oldiga yangi-yangi vazifalar qo'ydi. Avvalgi bosqichlarda yaratilgan asarlarni ham Istiqlol g'oyalari bilan chambarchas aloqadorlikda o'rganish adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qoldi. Ona siymosi dunyodagi barcha xalqlar uchun muqaddas va mo'tabardir. Ularni birlashtirib turuvchi mushtarak fazilatlar bisyor, albatta. Lekin, ayni vaqtda, har bir xalqqa, millatga mansub ona siymosi o'z fe'l-atvori, tabiati, ichki va tashqi dunyosi, hatto, portreti bilan muayyan darajada farqlanib turadi. Ona butun bir xalq, butun bir millatning o'ziga xosligi, shakllanishi, namoyon bo'lishida alohida o'rin tutuvchi siymodir va ayni vaqtda, har bir inson kabi jamiyat, muhit, sharoitning vakili sifatida o'ziga xos bir individumdir. Odamning qalbida qanday olijanob tuyg'ular mavjud bo'lsa, ularning barchasi avvalo onadandir. Shu ma'noda, o'zbek xalqiga mansub ona siymosining badiiy adabiyotda tasvirlanishini , bu tasvirdagi o'ziga xosliklarni o'rganish, bu obrazni badiiy yoritishdagi yozuvchi uslubi va mahoratini tahlil etish - bu jihatdan, xarakter yaratilishiga ko'ra badiiy adabiyotimizning milliy fazilatlarini ochishda va ikkinchi jihatdan, o'zbek xalqidagi milliylikni ko'rsatishda o'ziga xos ahamiyatga egadir. Mazkur ishda Ona siymosiga uning ijtimoiy, yoxud tarbiyaviy mohiyatigina emas, balki, asosan, badiiy asarda obraz sifatida yaratilishini o'rganish nuqtai nazaridan yondoshiladi. O'zbek adabiyotida ona obrazining go'zal va betakror namunalarini yaratgan yozuvchilardan biri O'tkir Hoshimovdir. Adib asarlarida Ona obrazi shu qadar mustahkam va muhim o'rin tutadiki, ularsiz hatto yozuvchining yaxlit ijodini tasavvur qilish qiyin. O'tkir Hoshimov mahoratining ko'pdan-ko'p qirralari ko'pincha bevosita mana shu obrazning yaratilishi va yoritilishidagi muvaffaqiyat bilan tutashib ketadi. U yoki bu asardagi joziba, asar milliyligini belgilovchi fazilatlar nuri ham, mohiyatan ana shu obrazga aloqador bo'lgan ziyodan o'sib chiqadi. Demak, O'tkir Hoshimov ijodidagi Ona obrazini o'rganish adib mahoratini belgilovchi yetakchi omillardan birini o'rganishdir. Shunday ekan, Ona obrazi tadrijini tadqiq etish; muallif ijodiy niyatlarining badiiy tajassumini, obrazlar tizimi hamda milliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.74 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.74 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga