O'TKIR HOSHIMOV (1941-2013) 10-sinf adabiyot darsligi asosida 23-mavzu: MASHAQQATLI SAFAR Kitobxon bilan ikki og'iz suhbat «Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko'z oldimga keladi» «Dunyoning ishlari» kitobining bir bobi shunday so'zlar bilan boshlanadi. Chindan ham bu asar - deyarli hasbi-hol qissa. Faqat undagi ba'zi odamlarning ismi o'zgargan. Aslida, har qanday badiiy asarda ham ma'lum ma'noda muallif tarjimaiy holining bir bo'lagi bo'ladi. Sababi, yozuvchi o'z asariga qalbini bag'ishlaydi. Menga qolsa, badiiy ijodda qandaydir ilohiy jarayon bor, degan bo'lur edim. Xudo ko'ngliga solmaguncha haqiqiy ijod- kor qo'liga qalam olmaydi! Haqiqiy asar shunchaki yozilavermaydi, haqiqiy asar farzand kabi tug'iladi! «Dunyoning ishlari» va «Qalbingga quloq sol», «Nur borki, soya bor» va «Bahor qaytmaydi», «Ikki eshik orasi» va «Tushda kechgan umrlar» asarlari, qator hikoya va sahna asarlari ham shu tarzda tug'ilgan Har kim o'z ajdodlari bilan faxrlanishga haqli. Mening ota- bobolarim ham o'z zamonining mashhur kishilari bo'lishgan. Jumladan, bobokalonim - bobomning otalari Abulqosimxon eshon Turkiston tarixida o'ziga xos iz qoldirgan ulug' shaxslardan biri bo'lganlar. Toshkentda, «Xalqlar do'stligi» saroyi (hozirgi «Istiqlol» san'at saroyi) yaqinida qadimiy obida - madrasa bor. Biroq bu yerda ham tazyiqlar to'xtamagan. Dehqonchilik qilgan. To'qimachilik kombinatida, so'ng shu kombinatga qarashli bolalar oromgohida ishlagan. Eski kitoblarni ham, zamonaviy adabiyot va gazetalarni ham o'qib borar, o'ta haqparast, nohaqlikni ko'rsa yonib ketar edi. Onam - Hakima Hoshimova esa otamning aksicha, nihoyatda yuvosh, juda mehribon edi. Ko'chada biron bola yig'lab o'tirgan bo'lsa, albatta, tepasiga borib boshini silar, biron sabab bilan biz bolalarni koyisa, o'zi ham yig'lab yuborar, o'sha zahoti ko'ngli mizni olishga harakat qilardi. Oyim qancha sodda bo'lsalar, shuncha donishmand ham edilar! Iloji boricha hammaga yaxshilik qilishni xohlar, o'ta oqko'ngil, gina-kuduratni bilmaydigan ayol edi («Dunyoning ishlari»da qanday tasvirlangan bo'lsa, onam xuddi shunday edi). Men 1941-yil 5-avgustda Toshkent biqinidagi Do'mbirobod qishlog'ida tug'ilganman. Qishloqda, tag'in, poytaxt biqinidagi qishloqda tug'ilganim taqdirning hadyasi bo'lsa ajab emas. Negaki ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo'lishi kerak. Oyim bir gapni ko'p aytardi: «Sen tug'ilganingda qiyomat qoyim bo'lgan edi. O'ris xotinlar urush boshlanibdi, deb yig'lagan, men - ammamning buzog'i hayron bo'lgandim. Urush allaqayoqda bo'layotibdi-yu, bular nega dod soladi, degandim. Keyin aqlim yetdi». «Ikki eshik orasi» romanida Qora amma ham urush haqidagi xabarni shunday qabul qiladi. O'g'li Kimsan frontga ketmoqchi bo'lganidan keyingina vahimaga tushib qoladi. O'tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» romani (2013) va «Dunyoning ishlari» qissasi (2016) muqovalari Ba'zi do'stlarim roman qo'lyozmasining muhokamasida «urush boshlangani haqidagi xabarni bu qadar soddalashtirib tasvirlamaslik kerak edi», degan mulohazani aytdi. Biroq men uchun bu hodisa kinolarda tasvirlanganidan ko'ra, onam aytib ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.55 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:26
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.55 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:26 ]
Arxiv ichida: ppt