O'tkir Hoshimovning hayoti va ijodi O'tkir Hoshimov o'ziga xos yozuvchi. U o'zi bilmagan mavzuni, mohiyatini anglamagan masalani qalamga olmaydi. O'z qahramonlarini xolisona tirik, hayotiy, jonli odam sifatida tasvirlaydi. ularni qanday inson ekanliklarini zohiriy emas, botiniy yoritadi. Ya'ni ruhiy olamini muhit, davr bilan uyg'unlikda katta falsafiy mushohada asosida teran tahlil qiladi. Insoniy iztiroblarni talqin qilish insonning barcha faoliyati: ruhiy holati, borliqqa va odamlarga bo'lgan munosabati, o'y-fikri, ichki kechinmalari, hatto muhabbatini talqin qilish demakdir. O'tkir Hoshimovning asarlari talqini Hayotni va odamlar olamini teran kuzatuvchisi, u haqida falsafiy mushohada yurituvchi, ardoqli hamda iste'dodli yozuvchi O'tkir Hoshimov bu holatni to'g'ri anglaydi. Uning asarlari deyarli iztiroblar asosida quriladi. O'tkir Hoshimovning asarlaridagi iztiroblar insonning ma'naviy dunyosini ochish uchun vositadir.Bu holatni deyarli har bir asarda ko'rish mumkin.Shundan ular ta'sirchan- kishini bir holatdan ikkinchi holatga soluvchidir. Talantli yozuvchi va jurnalist Talantli yozuvchi O'tkir Hoshimov 1941 yili Toshkentda ishchi oilasida tugildi. U o'rta maktabni bitirgach, 1959-1964 yillar Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakulteti jurnalistika bo'limida ta'lim oldi. o'tkir Hoshimov «Toshkent haqiqati», «Sovet O'zbekistoni», 1966 yildan «Toshkent oqshomi» ro'znomasi muharririyatida bo'lim mudiri, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida bosh muharrir o'rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda «Sharq yulduzi» oynomasining bosh muharriridir. O'tkir Hoshimov o'z ijodini she'r va ocherklar yozishdan boshladi. Uning birinchi ocherklar to'plami 1962 yilda «Po'lat chavandoz» nomi bilan nashr etildi. So'ngra «Cho'l havosi» (1963), «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Uzun kechalar» (1975), «Nimadir bo'ldi» (1976), «Quyosh tarozisi» (1980), «Dunyoning ishlari» (1982) hikoya va qissalar to'plamlari hamda «Nur borki, soya bor» (1979), «Ikki eshik orasi» (1986) romanlari bosilib chiqdi. Hozirgi kunda uning «Uyqudagi tushlar» romani «Sharq yulduzi» oynomasida bosilmoqda. Unda shaxsga sig'inish va qatag'onlik davri illatlari haqida hikoya qilinadi. 1974 yili esa «Birovning tashvishi» nomly psixologik dramasi sahnalashtirildi. Bundan tashqari, O'tkir Hoshimov O'rta Osiyo Respublikalarining qator teatrlarida namoyish qilingan «To'ylar muborak», «Sizdan ugina, bizdan bugina» kabi p'esalarning muallifidir. O'tkir Hoshimov E. Xeminguey, K. Simonov, A. Kuprin, O.Bergolts singari yozuvchilar asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Ijodkor 80-yillar publitsistikasi rivojiga salmoqli hissa qo'shgan adiblardan biridir. Uning odob-axloq, ma'naviy olam, milliy qadriyatlar, sho'ro davri adolatsizliklarini dadil yoritgan ocherk va teleko'rsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir. O'zbekiston xalq yozuvchisi (1991) O'tkir Hoshimov «Dunyoning ishlari» qissasi uchun Oybek nomidagi (1982) hamda «Ikki eshik orasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga (1986) sazovor bo'lgan. «Qur'oni Karim»ning o'zbekchaga ilk tarjimasi Talabalik paytidayoq o'z asarlari bilan elga tanilgan va O'zbekistondagi eng nufuzli jurnal ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
170.84 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
170.84 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:26 ]
Arxiv ichida: pptx