O'tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi asarida personaj nutqini individuallashtirish vositalari

O'tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi asarida personaj nutqini individuallashtirish vositalari

O'quvchilarga / Adabiyot
O'tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi asarida personaj nutqini individuallashtirish vositalari - rasmi

Material tavsifi

«O'tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» asarida personaj nutqini individuallashtirish vositalari» K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Yurtimizning o'z mustaqilligiga erishishi xalqimizga asrlarga tatigulik imkoniyatlar, bir qator ulug' ne'matlar berdiki, bular bugungi hayotimizda, kundalik turmush tarzimizda o'zining yaqqol ifodasini topmoqda. Mana shunday olamshumul o'zgarishlarga olib kelgan ne'matlardan biri xalqimizning ko'p asrlik tarixiga, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan buyuk ma'naviy merosimizga munosabatning tubdan o'zgarishi bo'ldi. Mustaqilligimiz qo'lga kiritilgan dastlabki yillarda mamlakatimizda ona tilimizga, milliy-ma'naviy Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tariximiz va jahon ma'naviy taraqqiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma'naviyatimizga asos solgan buyuk mutafakkirlarimiz, ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan ijodiy merosni o'rganish zarurligini ta'kidlaganlar. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ona tilimizning jamiyatimiz hayotida tutgan o'rni haqida shunday fikrlarni bildirgan edi: Biz ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank moliya tizimi kabi o'ta muhim sohalarda ona tilimizning qo'llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug'atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so'z bilan aytganda, o'zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o'zlikni, Vatan tuyg'usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasizdir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ulug' ajdodlarimizning boy ma'naviy merosini xalqqa, avvalo, yoshlarga yetkazish, ta'lim tizimida mustaqillik mafkurasini talabalarimiz ongiga singdirish bo'yicha barcha ishlar og'ishmay amalga oshirib kelinmoqda. Hozirgi o'zbek adabiy tilining mustaqillik davridagi holati, uning lug'aviy tarkibidagi o'zgarishlar, ijtimoiy-tarixiy asoslari, tarixiy-etimologik qatlamlari, vazifaviy-uslubiy xususiyatlarini o'rganish bo'yicha tilshunoslikda bir qator yo'nalishlarda kuzatishlar olib borilgan.O'tgan asrda sobiq sho'rolar mafkurasiga zid deb hisoblangan asarlar tilini tadqiq etish ma'lum darajada chegaralab qo'yilgan bo'lsa, bugungi kund a milliy istiqlol sharofati bilan bunday izlanishlarga keng yo'l ochildi. «Mo'ysafid tarix oldida ko'z ochib - yumguncha bir muddat hisoblangan shu qisqa davrda mamlakatimizda o'z mundarija - miqyosiga ko'ra asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Bu o'zgarishlar ijtimoiy-ma'naviy sohani, jumladan, fanni ham chetlab o'tmadi. Davlat tili maqomini olgan tilimiz chinakam rivojlanishning katta yo'liga chiqib olgan bo'lsa,adabiyotimiz ham kommunistik mafkura tazyiqidan qutulib, so'z san'atining azaliy va abadiy qonuniyatlari asosida ish ko'ra boshladi. Olimlarimizning ilmiy asarlaridagi «mustaqillik tufayli», «istiqlol sharofati bilan» u yoki bu mavzuni ishlashga muyassar bo'ldik, muayyan olingan asarni haqqoniy baholash imkoniyati vujudga keldi qabilidagi e'tiroflardan ham Vatan mustaqilligining millat til va adabiyoti rivoji uchun katta imkoniyatlar yaratib berganligi ma'lum bo'ladi». Bugungi kunda o'zbek milliy g'ururi, Vatanga muhabbat tuyg'usi, mustaqillik mafkurasi bilan yo'g'rilgan dunyoqarashi, adabiy tili va adabiyoti, ma'anaviyati va madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida zamonamizning eng dolzarb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 128.14 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 128.14 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga