O'tmish adabiy tanqidi va adabiyotshunosligining ifodalanish janrlari va xususiyatlari Reja: Adabiyotshunoslikning qo'shimcha sohasi - manbashunoslik Manbashunoslik tarixiga bir nazar Milliy istiqlol mafkurasi va adabiyotshunoslik Tayanch tushunchalar: Manbashunoslik. Sharq mumtoz adabiyotida adabiy-tanqidiy fikrlarni bayon etish shakllari. G'arb mumtoz adabiyotshunosligi tarixi. Adabiyotshunoslikka kirish -faniga oid darslik va qo'llanmalar Milliy istiqlol mafkurasi va adabiyotshunoslik. Manbashunoslik (Istoriografiya - tarix va yozuv ma'nosini beradi) adabiyotshunoslik fanlarining barcha davrlardagi tarixiga oid materiallarni to'playdi, umumlashtiradi va ularning rivojlanish yo'llarini sarhisob qiladi. Adabiyotshunoslikning vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyotini manbashunoslik ikki qismga bo'lib, o'rganib kelmoqda: I. Sharq klassik adabiyotida adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyoti Qadimgi Sharq mumtoz adabiyotshunosligida adabiy-tanqidiy fikrlar sinkretik tarzda (narsaning dastlabki, bir-biridan ajralmagan, qorishiq holati)da mavjud bo'lgan. Shu tufayli o'tmishda adabiy - tanqidiy qarashlar, she'r va shoirlik haqidagi mulohazalar tarixiy yodnomalarda, esdalik tipidagi asarlarda, devonlarga yozilgan debochalarda, manoqib holatlarda, kichik lirik janrlardagi asarlarda, dostonlarning maxsus boblarida, tazkiralarda, aruz, qofiya, badeye' va sonoye'ga doir risolalarda, ba'zan esa umuman ilmi adab deb atalmish ilmlar turkumiga bag'ishlangan kitob va lug'atlarda bayon etilgan.1 Ularni quyidagicha shakllarga bo'lish mumkin: Adabiy-tanqidiy fikrlar, eng avvalo, adabiy anjuman va yig'lishlarda, o'zaro suhbatlarda og'zaki shaklda, ko'pincha fikr olushuvlar va munozaralar tarzida kechgan. Bu holatning tasviri tarixchi Xondamirning Makorim ul-axloq asarida ham akslangan: Mavlono Lutfiy so'z lutfida yagonai davron edi. Undan ilgari hyech kim turkiy tilda she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan. Oliy hazrat yoshlari endigina to'lib, yigitlik davri boshlangan paytda, bir kuni Lutfiy xizmatiga bordi. Lutfiy o'z nozik fikrlaringizni natijalaridan yuzaga chiqqan bir g'azalni o'qish bilan bizni bahramand qilsangiz, deb iltimos qildi. Ul xazrat bir g'azal o'qidi. Uning matlai mana shu: Orazin yopqach, ko'zimdin sochilur har lahza yosh, Bo'ylakim, paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh. Mavlaviy janoblari bu alangali g'azalni eshitish bilan hayrat dengiziga cho'mib, shunday dedi: Volloh, agar muyassar bo'lsa edi, o'zimning o'n-o'n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g'azalga almashardim va buning yuzaga chiqishini zo'r muvaffaqiyat hisoblardim.2 Bu og'zaki bo'lib o'tgan mulohazadan ko'rinadiki, alloma Alisher Navoiy yigitlik davridayoq o'z zamonining malik ul-kalomi nazariga tushgan va poetik mahoratining yuksakligi sababli ularni qoyil qoldirgan. 2. Sharq mumtoz adabiyotida shoir va shoirlik haqidagi mulohazalar dostonlar, she'rlar tarkibida ifoda qilingan. Jumladan, Alisher Navoiyning Hayrat ul-abror dostonida nasr va nazm, ma'no va shakl haqida shunday so'z yuritiladi: Nazm anga gulshanda ochilmog'lig'i, Nasr qaro yerga sochilmog'lig'i. Bo'lmasa e'joz maqomida nazm, Bo'lmas edi tengri kalomida nazm. Nazmda ham asl anga ma'ni durur, Bo'lsun aning surati harne durur. Nazmki ma'ni anga marg'ub emas, Ahli maoniy qoshida xo'b emas. Nazmki ham surat erur xush ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.58 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.58 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:27 ]
Arxiv ichida: doc