Oybek Navoiy romandan parcha

Oybek Navoiy romandan parcha

O'quvchilarga / Adabiyot
Oybek Navoiy romandan parcha - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 15-mavzu MUSO TOSHMUHAMMAD O'G'LI OYBEK NAVOIY (romandan parcha) Mirzo Yodgor erka o'sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, may, musiqiy olamining yoqimli, orombaxsh hislariga berilgan yigitcha edi. Uning ixtiyori beklari, jahongashta tarbiyachilari qo'lida bo'lganidan ular mirzoning nozik, xayolchan ko'nglini qonli mojaro, tantana va hokimiyat havaslari bilan yoqishga tirishadilar. Davlat ishlarida tadbirli ayol va umuman, bilimdon, oqila hisoblangan ammasi Poyanda Sultonbegim ham uni Xuroson taxti uchun kurashga undaydi. Buning ustiga, u turkman sultoni Hasanbekdan katta ko'mak oladi. G'ururlangan shahzoda Jurjon hokimi amir Zohid Tarxiyning ustiga yurish qilib, uni qulaygina yengadi. Jurjonni qo'lga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi Mirzo Yodgor isyoni to'g'risida Hirotda xabar olinishi bilan Navoiy Husayn Boyqaroni ildam otlanishga undagan edi. Xurosonda Husayn Boyqaro hokimiyatining barqaror bo'lishini orzu qilishi u bilan go'daklik zamonlarda boshlangan do'stlik xotirasi uchungina emasdi. Navoiy Husayn Boyqaroda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini ko'rdi. So'ngra Husayn Boyqaro harbiy san'atni durust bilar edi. Jang maydonlarida bir necha dapqir ro'y-rost urushib, bahodirlik ko'rsatgan edi. Yurtda adolatli davlat, odil va ilmparvar hukmdor ko'rmoq orzusida bo'lgan Navoiy Husayn Boyqarodan ko'p narsa umid qilar edi. Shoir chodirda tinch yashagandek ko'rinsa ham, haqiqatda shovqin-suronsiz, katta g'ayrat bilan qo'shinni mahkamlashga harakat qilardi. Tongga yaqin Sulton Husayn atrofi maxsus posbonlar bilan qo'riqlangan hashamatli shohi chodirdan chiqdi. Uzoqda, ko'kimtir tuman ichida mudragan tog'lar ustida siyrak yulduzlar xira ko'zlarini horg'in qisadi, dalaning salqin shamoli tinib, chodirning ipagini yengil mavjlantiradi. Podshoh ishbilarmon beklari bilan rusumoti jang1 haqida so'zlashdi. Rusumoti jangni yaxshi biluvchi beklar o'z mulohazalarini bildira boshladilar: Mirzo Yodgorga qilinajak hujumni qay yo'sinda olib borish, turli qismlarga kimlarni sardor tayinlash to'g'risida takliflarni o'rtaga otdilar. Husayn Boyqaro ularning chora-tadbirlarini ma'qulladi. O'tirganlarga ko'zlarini bir-bir tikib, qandaydir ichki shavq va yengil ik bilan dеdi: - Endilikda so'z osmon kitobida qoldi! Yoki xato qilurmenmi? Сhorpaxil, beso'naqay Islim barlos qalpoqli boshini og'ir tebratdi-da, osmonni ko'rmasa ham, qahrli ko'zlarini yuqoriga - ipak chodirning ko'rkam uqalari, rang-barang ipak shokilalari osilib turgan shipga tikdi va salmoqlanib, dеdi: - Albatta Yulduzlar ne der ekanlar? - Munajjimni qoshimizg'a chorlaylik. Shoyad safarimizga tole yulduzining intizorligini bizga e'lon qilsa, - dеdi podshoh Navoiyga qarab. - Munajjim aksini so'zlasa, ul chog' hazratlari ne qilurlar? - tabassum bilan so'radi Navoiy. Husayn Boyqaro taraddudlanmadi. - Tole soatini kutmoqdan o'zga ilojimiz yo'q. Toleimiz o'z yulduzini egallagan kun biz ham otlarimizga minurmiz. Beklar goh podshohga, goh Navoiyga qarab, jim o'tirishardi. - Podshoh hazratlari, - nazokat bilan murojaat etdi Navoiy, - bizning fikrimizcha, har bir ishda aqlni rahnamo qilmoq lozimdir. Husayn Boyqaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.04 MB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.04 MB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga