Oybek va o'zbek bolalar adabiyoti Reja: 1. Oybek va bolalar adabiyoti. 2. Oybek ijodida Pokiston mavzusi. 3.Qonli barmoqlarhikoyasida bolalar haq-huquqlarini poymol etilishi. 3.Alisherning yoshligi asarida ajdodlarga hurmat tuyg'usining ifodalanishi. 4. Oybek qissalaridagi o'ziga xos badiiy tasvir. Oybek va bolalar adabiyoti Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek yangi o'zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo'shgan, o'ziga xos ijod yo'li uslub maktabiga ega bo'lgan ijodkor hisoblanadi. Oybek yaratgan she'r va hikoyalar, qissa va dostonlar bolalar ma'naviyatiga ta'sir etib, ularni tarbiyalashda muhim rol o'ynamoqda. Yosh yo'lchi (1925), Gunafsha (1926), SHoirning bolaligi(1937), Odobli Tursun,Ahmadjon bog'bon(1971) kabi she'riy kitoblari, Zafar va Zahro(1953), Bobom(1957) dostonlari, Alisherning yoshligi(1975), Bolalik qissalari ayniqsa xarakterlidir. 1981 yilda adibning Globus nomli to'plami bosilib chiqdi. To'plamda adibning shu vaqtgacha e'lon qilinmagan Gulnor opa(1930), Fanorchi ota(1930), Singan umid(1930), Tilla topar(1930)hikoyalari chop etilgan. Oybek kichik maktab yoshidagi maktab bolalari uchun Pokiston bolalari hayotidan Qonli barmoqlar(1962) hikoyasini yozdi. Hikoyada Pokistonda tinchlik uchun kurashuvchilardan qanday qasos olinayotganligi, ularning bolalari ko'chalarga chiqarib tashlanayotganligi, tilanchilikka va malaylikka mahkum etilayotganligi hikoya qilinadi. Yozuvchi buni asar qahramoni to'qqiz yoshli Alining sarguzashtlari orqali tasvirlaydi. Oybek ijodida Pokiston mavzusi. Qonli barmoqlarhikoyasida bolalar haq-huquqlarini poymol etilishi. Oybek hikoyada Alilarning yashash sharoitini va qanday kun kechirishini quyidagicha ta'riflaydi: Gorishov Loxurning bag'ridagi bir daha. Loxur-qo'shiqlar, gullar diyori. Gorishov esa dahshat! Ali bu xaroba- vayronalar ichida yuguradi. Ko'cha, yo'lka deydigan narsa yo'q, tutash xaroba kulbalar. Shunday xaroba kulbalarning birisidan Ali bilan onasi, otasi qamalgandan so'ng haydalib, ko'chaga tashlangan edi.Pokiston shaharlarining ko'cha-kuylarida to'da-to'da tilanchi bolalar yurar edi. Ali bir parcha non qidirib, besh-olti kundan buyon rastalarni kezib yurganda gulobchi do'kondor uni chaqirib «jahl aralash dedi,-mana bu yashiklarni bo'shat! va buning evaziga haq to'lashga va'da qiladi. Ali Rostdanmih-deb so'radi va do'kondorning hadegan tovushini eshitgach, bola uzun xursindi, jilmaydi. Kir, kalta ko'ylagining yenglarini shimarib, ishga tushdi. Ali yashiklardagi siniq gulob shishalarini tashiydi : Siniq, cheti uchgan shishalar va berahm quyoshning issig'i uni xunob qilar, kichik barmoqlari tilingan , qo'llari qon. Ammo och, tentirab yurishdan charchagan bola bu xizmatdan vaqti xush edi. Isqirt, juldur, cho'pday oriq bolalar bolaning qonagan qo'llariga tikildilar. Bolalar Aliga ko'mak bermoqchi bo'lganlarida u raxmat deb javob berdi. Ali och-nahor, barmoqlarini shisha siniqlari kesib achitishiga , bir parcha non topishning nihoyatda azob-uqubatlari va mashaqqatlariga qaramay do'kondor gulobchining og'ir ishini bajaradi. Do'kondor bir qutini ochib, yupqa chapati-nonni uloqtiradi. Ali ilib oldi, quvonib dedi : -Darrov borib, ayamga beraman, u kasal!-Aya, men keldim, non topib keldim.Turing non yeng, nonKampir onaning yuzini ochdi: -O'tdi olamdan! Dard bilan, yo'qchilik bilan, ochlik bilan, g'am bilan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.31 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.31 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:31 ]
Arxiv ichida: doc