Oybekning navoiy romani va abdulla qodiriyning o'tkan kunlarida yaratish va ularning

Oybekning navoiy romani va abdulla qodiriyning o'tkan kunlarida yaratish va ularning

O'quvchilarga / Adabiyot
Oybekning navoiy romani va abdulla qodiriyning o'tkan kunlarida yaratish va ularning - rasmi

Material tavsifi

Oybekning navoiy romani va abdulla qodiriyning o'tkan kunlarida yaratish va ularning klassifikasiyasi Reja: Oybekning Navoiy romanining yaratilish tarixi Abdulla Qodiriyning o'tkan kunlar romani va uning yaratilishi Asarlarning adiiy xususiyatlari tarixiy asarlar va ularning klassifikasiyasi Tayanch iboralar: Adabiyotning ommaviyligi, xalqchilligi. Uni talantli shaxslar tomonidan yaratilishi. Badiiylik. Milliylik va umuminsoniylik. Yuqoridagi adabiyotga berilgan ta'rif to'liq va mukammal bo'lishi uchun badiiy adabiyotning yana bir nechta umumiy xususiyatlarini o'rganish lozim bo'ladi. Bu xususiyatlarning uchtasini V.G.Belinskiy Adabiyot so'zining umumiy ma'nosi maqolasida ta'riflaydi; ularni nazariyotchi olim Izzat Sulton Adabiyot nazariyasi darsligida asosli tahlil qiladi. Darhaqiqat, adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, o'z tasdig'ini jamiyat fikridan oladi… butun xalqdan, eng kamida-xalqning ma'rifatli sinflarining e'tiboridan madad oladi. Adabiyot butun jamiyatning mulkidir (V.G.Belinskiy). Chunki, adabiyot jamiyatning hamma tabaqalariga mo'ljallangan bo'ladi va odamlarning yoshi, jinsi, kasbi, ijtimoiy pog'onada tutgan o'rniga qaramasdan, hamma tomondan o'qiladi, har bir kishida qiziqish tug'diradi. Bugina emas, bir xalqda yaratilgan adabiyot asarlari boshqa xalqlarning ham barcha vakillari tomonidan qiziqib o'qiladi, jahondagi odamlarning hammasida (ularning irqiy, milliy, diniy, iqlimiy farqlaridan qat'i nazar) qiziqish tug'dira oladi, hamma kishilarga foyda yetkazadi, butun insoniyatning mulki bo'lib qoladi1 . Shunga ko'ra, hindlarning Ramayanasi ham, o'zbeklarning Alpomishi ham, arablarning Ming bir kechasi ham, qirg'izlarning Manasi ham, ruslarning Igor jangnomasi ham - butun jahonning, barcha hazrati insonlarning mulki bo'lib, ularning kamoliga xizmat qilaveradi. Bu adabiyotning ommaviylik xususiyatidir. Adabiyotning ommaviyligi - uning xalqchilligi xislatini yuzaga chiqaradi. Chunki, Xalqchillik adabiyotning fazilati emas, balki zarur shartidir (V.G.Belinskiy), milliy va umuminsoniy shon-shuhratining, bashariyatga ta'sir qudratining o'lchovidir. Xalqchillik bor joyda badiiylik ham borligiga isbotdir, agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulqi atvorini, urf-odatlarini va xarakterli xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo'lsak, xalqchillik chinakam badiiy asarlarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o'ziga xos shakllarda namoyon bo'lsa, u xalqchil hamdir,1 - deb yozadi V.Belinskiy o'zining Rus povesti va janob Gogol povestlari haqida asarida. Bu asoslardan ko'rinadiki, haqiqiy badiiy asar doimo xalqchil bo'ladi. Chunki, unda birinchidan, xalqning ruhiyati, umid-armonlari, orzu-istaklari badiiy ifodasini topadi. Ikkinchidan, xalqning ruhiyati haqiqiyligi, tiniqligi asarlardagi har bir qahramon xarakterida aksini topadi. Uchinchidan, badiiy asar keng xalq ommasi uchun tushunarli til va uslubda, dono soddalik, nozik ta'blik bilan yoziladi va ayni paytda, xalqning tuyg'ularini ma'nan birlashtirishga, bashariy e'tiqodi (hammamiz bitta Yer kurrasida yashaymiz, hammamiz Allohning bandasimiz, insonligimiz-bir-birimizgagina bog'liqligi)ni mustahkamlashga xizmat qiladi. Xalqchillik singari, originallik ham chinakam talantning zarur shartidir. Ikki odam buyurtma ishda bir-biriga o'xshatishi mumkin, lekin aslo ijodda emas; zero, modomiki bir odamga bir ilhom ikki marta kelmas ekan, demak, bir xil ilhomning ikki odamga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.16 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.16 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga