Ozarbayjon adabiyoti Reja: Kitobi dada Qo'rqut eposi Kavkaz orti va O'rta Osiyo xalqlari adabiyoti o'rtasidagi o'zaro aloqa Ozorbayjonning turli davrlardagi adabiy darg'alari Nizomiy Ganjaviy Muhammad Fuzuliy ijodi ozarbayjon she'riyatining yuqori cho'qqisi Vidodiy bilan Voqif M.F.Oxundov Mamadqulizoda Aliakbar Sobir Dramaturgiya Ozarbayjon xalqi Kavkaz va Kavkaz ortida yashovchi xalqlar (kartvel, abxaz-adigey, nax-dog'iston tillari kabi qariyb 40 ta tilda so'zlashadilar) orasida qadimiy madaniyat tarixi va boy adabiyotga ega bo'lgan xalqlardan biridir (ozarbayjon tili turkiy tillar oilasiga kiradi). Uning xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyot shaklida yaratilgan eng qadimgi namunalarida odamiylik, haqiqat va adolat uchun kurash, mehnatga muhabbat va qardosh xalqlarga hurmat singari olijanob tuyg'ular o'z ifodasini topgan. Turli-tuman adabiy janrlarda yaratilgan xalq ishqiy-qahramonlik dostonlari, ertaklari, marosim va muhabbat qo'shiqlari, shuningdek, xalq latifalari va maqollaridan iborat folklor asarlari turli tarixiy davrlarda yaratilib, og'izdan og'izga ko'chib, bizgacha yetib kelgan. Bulardan eng mashhurlari Kitobi dada Ko'rqut (bugun uning yozuvchi Anor qalamiga mansub nusxasi ham bor) va Ko'r o'g'li eposlari, Oshiq G'arib, Shoh Ismoil, Asli va Karam ishqiy dostonlari, Malik Mamed va Kal Ahmad sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi kulgili ertaklar, insoniy muhabbatni olqishlovchi to'rtlik bayotlardir. Kitobi dada Ko'rqut eposi taxminan VII-VII asrlarda, hali ozarbayjon tilida yozma adabiyot uncha taraqqiy yetmagan bir sharoitda, ona tilida ijod etilgan yirik badiiy asar sifatida katta ahamiyatga ega edi. Uning 12 qissasida o'g'iz-turkiy qabilalarining o'z mustaqilligi uchun chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlari tasvirlangan. Hozirgi kunda xalq dostonlari syujeti asosida yaratilgan bir necha musiqali dramalar ozarbayjon teatri sahnalarida muvaffaqiyat bilan namoyish qilinmoqda. Xalq og'zaki ijodi asarlarini yozib olish va o'rganish ishlari Ozarbayjonda VI asrlardan buyon muntazam ravishda davom ettirilmoqda. Ozarbayjon xalq og'zaki ijodi va qadimiy yozma adabiyoti bilan O'rta Osiyoda yashovchi o'zbek, tojik, turkman, qirg'iz va qoraqalpoq xalqlarining adabiyoti o'rtasida bir-biriga o'xshash juda ko'p an'analar mavjud. Keyinchalik ozarbayjon klassik adabiyoti va o'zbek, tojik, turkman mumtoz adabiyotlarining yirik vakillari ijodida ham o'zaro aloqa va ta'sir turli-tuman shakllarda davom etib keldi va hozir ham davom etmoqda (bu haqda pastroqda gap boradi). Buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning o'lmas Xamsasi (XV asr), tojik adibi va mutakkiri Abdurahmon Jomiyning Haft avrangi (XV asr) ularning buyuk Nizomiy Ganjaviy yaratgan Panj ganjdan bahramand bo'lganliklari tufayli yuzaga kelgani singari, buyuk ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliyning o'ynoqi g'azallari, badiiy yuksak Layli va Majnun dostoni Alisher Navoiy ijodi ta'siri ostida yaratildi. O'zbek va tojik adabiyotining asoschilari H.H.Niyoziy va S.Ayniylar ijodining shakllanishi va kamol topishida ozarbayjon adabiyotining yirik vakillari M.Oxundov, J.Mamadqulizoda va A.Sobirlarning ilg'or dunyoqarashi sezilarli darajada ta'sir qildi. Kavkaz orti va O'rta Osiyo xalqlari ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
863.66 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:31
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
863.66 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:31 ]
Arxiv ichida: zip, doc