O'zbek adabiyoti tarixi fani. Uning o'rganish ko'lami

O'zbek adabiyoti tarixi fani. Uning o'rganish ko'lami

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek adabiyoti tarixi fani. Uning o'rganish ko'lami - rasmi

Material tavsifi

O'zbek adabiyoti tarixi fani. Uning o'rganish ko'lami Reja: 1. Kirish. 2. O'zbek adabiyoti tarixi fani haqida. 3. O'zbek adabiyotining o'rganish obyekti. 4. Uning maqsad va vazifalari. 5. Sho'rolar davrida bu adabiyotga, uning ayrim vakillari ijodiga bo'lgan munosabat. 6. O'zbek adabiyotini davrlashtirish masalasi. 7. O'zbek mumtoz adabiyotining taraqqiyot bosqichlari. O'zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O'tmishda yaratilgan mo''tabar og'zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o'rganish va bilish har bir o'quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug' burchidir. Bugungi kunda, yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so'ng, o'tmish merosimizga e'tibor yanada kuchaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov o'zlarining qator suhbatlari, nutq va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni o'rganishning ahamiyatini qayta-qayta ta'kidlamoqdalar. Zero, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so'nggina bizga noma'lum ko'pgina ulug' shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida ma'lumotga ega bo'ldik. Asarlarini o'rgana boshladik. O'zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot jamiyat hayotining o'ziga xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o'zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettirdi. Adabiyot, avvalo, so'z va ruhiyat san'atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg'ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o'xshamaganlariday, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. Badiiy adabiyot bilan adabiyot tarixi shug'ullanadi. O'zbek adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg'ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga tegishli hissa qo'sha oladi. Ular ma'naviy kamolotga xizmat qiladi. Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o'rganadi va o'rgatadi. Har bir xalqning o'z tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti bor. Shunga ko'ra, adabiyot tarixi ma'lum bir xalqning-shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi. O'zbek xalqi ma'naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o'zbek adabiyotidir. O'zbek adabiyoti tarixi o'zbek xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o'z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda o'zbek adabiyoti tarixi ikki nom asosida tilga olinadi: O'zbek mumtoz adabiyoti. Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti yoki XX-XXI asrlar o'zbek adabiyoti. O'zbek mumtoz adabiyoti deganda eng qadimgi davrlardan boshlab, XX asr boshlarigacha bo'lgan davr nazarga olinadi. O'zbek adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o'z ichiga oladi. Lirika va epos o'tmish o'zbek adabiyotining asosiy turlaridir. Fazal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar keng tarqalgan adabiy janrlardir. O'zbek adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir. O'tmish o'zbek adabiyoti bir qator memuar va tarixiy asarlarni ham o'z ichiga oladi. «Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalar shular jumlasidandir. O'zbek adabiyoti tarixi «Tohir va Zuhra», «Bo'z o'g'lon», «Yusuf Ahmad» kabi xalq kitoblarini ham o'z ichiga oladi. Bular ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.58 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.58 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga