O'zbek adabiyotida essa janri va uning tadriji

O'zbek adabiyotida essa janri va uning tadriji

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek adabiyotida essa janri va uning tadriji - rasmi

Material tavsifi

O'zbek adabiyotida essa janri va uning tadriji MUNDARIJA Kirish ……3 I BOB. Esse janri va taraqqiyot tamoyillari 1.1.Esse janrining o'rganilishi6 1.2. Esse janrining genezisi (ildizlari)11 II BOB. Esseda obraz va qahramonlar talqini 2.1. Esseda sujet va kompozitsiya masalasi……16 2.2.Ozod Sharafiddinov esselarida Abdulla Qahhor shaxsiyati va badiiyati47 Xulosalar57 Foydalanilgan adabiyotlar rо'yxati59 Kirish Mavzuning dolzarbligi. XX asr о'zbek adabiyotining yorqin vakillari A. Muxtor, P.Qodirov, O.Sharafiddinov, I.G'afurov, Sh. Xolmirzayevlar ijodi xalqimizning ma'naviy hayotida, badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotida katta ahamiyatga ega. Zero, jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish har doim ham badiiy sо'z san'atining zimmasida bо'lgan. Shu о'rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi gaplarini eslash о'rinlidir: Ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman. Shu ma'noda, roman,qissa, hikoya janrlari qatorida, esse janriniga ham o'ziga xos taraqqiyot va shakllanishini о'rganish tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. O'zbek adabiyotida roman, qissa, hikoya janrlari qatorida, esse ham o'ziga xos taraqqiyot va shakllanish tarixiga ega. Adabiyotimiz tarixida esse XX asrning 60-yillaridan so'ng xotira, qissa, hikoya, maqola, adabiy o'ylar tarzida yuzaga keldi. A. Muxtor, P. Qodirov, Mirtemir, Zulfiya, Sh. Xolmirzayevlarning bu davrda yaratilgan esse va ba'dialari adabiyotshunoslarning ilmiy izlanishlarida ma'lum darajada tahlil qilingan. Biroq bu ishlar hali esse xususidagi ilk ilmiy kuzatishlar bo'lib, janr haqida maxsus tadqiqotlar yaratilgani yo'q edi. 80-90-yillarga kelib, essening xotira, suhbat, badiiy-publitsistik maqola va hikoya shakli S.Ahmad, P. Qodirov, Sh.Xolmirzayev singari yozuvchilar ijodida yangicha mohiyat kasb etdi. Shu ma'noda o'zbek essenavislari ijodini tahlil va tadqiq etish bugungi o'zbek adabiyotshunosligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. O'zbek adabiyotida esse janri genezisi, shakllanish jarayoni oziga xos xususiyatlari, taraqqiyot omillari va yetakchi tamoyillari singari masalalar bugungi adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Mavzuning о'rganilganlik darajasi. Tadqiqotchilar nasriy janrlarning XX asr adabiy hayotida tutgan o'rni va ahamiyati, shakllanish tarixi, shuningdek badiiy mahorat masalasiga munosabat bildirishgan, ammo essening o'ziga xos xususiyatlarini yorituvchi fundamental ilmiy-nazariy tadqiqot yaratilmaganligi sababli bu muammo hal qilinmay kemoqda. Biz ana shu bo'shliqni to'ldirishga, janrni o'zbek adiblari ijodi misolida o'rganishga harakat qildik. Kuzatishlar davomida ingliz, rus, turk, o'zbek adabiyotshunosligidagi essega berilgan qisqacha ta'riflarga duch keldik. Biroq o'zbek tilida nashr qilingan «Adabiyot nazariyasi», «Adabiyotshunoslikka kirish», «Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati» kabi darslik va qo'llanmalarda, umuman, bu janr nomi ham tilga olinmaganligiga guvoh bo'ldik. O'zebk adabiyotshunosligida esse janri yetarlicha tadqiq etilmagan. Shunday bo'lsa-da, olimlardan N.Rahimjonov, U.Normatov, B.Qosimov, O.Sharafiddinov, P.Qodirovlarning ilmiy maqola va monografiyalaridan ma'lumotlar olish mumkin. Mavzuning ilmiy yangiligi. Tadqiqotchilar nasriy janrlarning XX asr adabiy hayotida tutgan o'rni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.23 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.23 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga