O'zbek adabiyotida Kleopatra obrazining talqini mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija: Kirish……3-6 I BOB. G'arb adabiyotida Kleopatra obrazining talqini……7-8 I.1. Kleopatra sevgi va muhabbat timsoli9-18 I.2. Kleopatra siyosiy arbob sifatida19-25 IIBOB. O'zbek adabiyotida Kleopatra obrazi…….……26-27 II.1. Cho'lpon ijodida Kleopatra obrazi28-30 II.2. J.Kamol ijodida Kleopatra obrazi31-47 Xulosa48-50 Ilova51-57 Adabiyotlar ro'yxati58 Kirish. Mavzuning dolzarbligi va o'rganilish darajasi. Adabiyot, so'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma'naviyatimizning g'oyat muhim va uzviy qismi bo'lgan adabiyotni rivojlantirish shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag'batlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlaro'z hosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko'lami jihatdan ham, rang-barang bo'lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo'layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi. Bularning barchasi milliy tiklanish jarayonlari qalam ahlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko'rsatadi. Shu fikrlar isboti sifatida Prezidentimiz Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash borasida keng imkoniyatlar yaratayotganini ko'rishiniz mumkin. Masalan, 2012-yil 16-17-fevral kunlari O'zbekistonda Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti mavzuida xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Bu anjumanda biz kabi yosh talabalar ham o'zlarining ijod namunalari va mehnat mahsullarini namoyon etdilar. Bugungi biz o'rganayotgan mavzu o'rganilish tarixiga ko'ra, biroz muammo tug'diradi. Sababi, bu mavzu to'liq o'rganilmagan. O'zbek adabiyotshunoslaridan Abdulhamid Cho'lpon, Jamol Kamol, Naim Karimovlar o'z ijodlarida bu obrazga murojaat qilganlar. Jahon adabiyoti namoyondalaridan V.Shekspir Antoniy va Kleopatra, Bernard Shouning Sezar va Kleopatra nomli tragediyalari va Haggardning Kleopatra romani bu obrazning ajabtovur voqealarga boy hayoti, zamonasining eng mashhur sarkardalari va davlat arboblarini bir umrga sehrlagan, ayollik latofati necha asrlardan buyon yozuvchi, drammaturg, shoir, rassom va bastakorlarni ilhomlantirib kelayotgani fikrimiz isboti. Jahon adabiyotida keng о'rganilgan Kleopatra obrazini tahlil va tadqiq etish muammoli hamda munozaralidir. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda Kleopatra obrazining о'zbek adabiyotida nechog'li gо'zal hamda shiddatli tasvirlanganligin tahlil qilishga urindik. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot obekti. Bunda Kleopatra obrazi ifodalangan Shekspirning tragediyasi, Cho'lpon, Jamol Kamol, Naim Karimovlarning Kleopatra haqidagi asarlari va maqolalari tanlanadi. Ushbu matnlar tahlili ijodkorlarning Kleopatra obrazini ifodalashdagi mahoratini yoritish imkoniyatini beradi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Bunda jahon va o'zbek adabiyotida Kleopatra obrazi qanday aks etgan, qaysi o'rinlarda jahon va o'zbek adabiyotida Kleopatraning farqli jihatlari namoyon bo'lishlarini o'rganish maqsad qilib olingan. Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi: Yozuvchilar asarlarida Kleopatra obrazi qanday ifodalangan, ulardagi o'ziga xos xususiyatlar nimalarda aks etgan; Yozuvchining o'ziga xos bo'lgan tasvirlash usullari va qahramonlari porteti; Tanlangan mavzu, asarlarida aks ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
112.34 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
112.34 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:27 ]
Arxiv ichida: docx