O'zbek adabiyotida Maxtumquli an'analarini o'rganish

O'zbek adabiyotida Maxtumquli an'analarini o'rganish

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek adabiyotida Maxtumquli an'analarini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Kirish I. BOB. MAXTUMQULI VA O'ZBEK ADABIYOTI 1.1. § Maxtumquli ijodining o'zbek adabiyotida o'rganilishi. 1.2. § Maxtumquli she'riyatida diniy - ma'rifiy g'oyalar talqini . II. BOB. MAXTUMQULINING POETIK MAHORATI 2.1.§ Mahtumquli ijodida mumtoz she'riyat an'analarining o'rni 2.2.§ Maxtumqulining badiiy-tasviriy vositalardan foydalanishi . Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Mavzuning dolzarbligi. O'zbek va turkman xalqlarining tarixi mushtarak. Tili, madaniyati, urf - odatlari o'xshash. Ajdodlarimizning ilmiy, adabiy va ma'naviy merosi xalqlarimizning umumiy mulki sanaladi. O'zbek va turkman azaldan taqdir sinovlari davrida biri-biriga yelkadosh bo'lib, shukuhli damlarda quvonchini baham ko'rib kelgan. Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar mustaqillik yillarida yangi, sifat jihatdan yuqori bosqichga ko'tarildi. Ajdodlarimizning ilmiy, adabiy va ma'naviy merosi xalqlarimizning umumiy mulki sanaladi. Shu ma'noda, o'zbek va turkman xalqi farzandi bo'lgan Maxtumquli ijodiy merosini o'rganish, shoir mahoratini ko'rsatish, umuman olganda, har ikkala xalq o'rtasidagi chambarchas adabiy aloqalani o'rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Zero, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev: «Maxtumquli - bugungi kunda o'zbek madaniy-adabiy turmushida juda ommaviylashib, eng mashxur siymolarning biriga aylangan»1- deb to'g'ri ta'kidlagan. Tarix sahifalarini varaqlab ko'rsak eli-eliga, dili-diliga payvand bo'lgan turkman va o'zbek xalqlari qadim zamonlardan beri birodarlikda yonma-yon yashab kelayotganligining guvohi bo'lamiz. Tog'i ham, taqdiri ham bir bo'lgan o'zbek va turkmanlar go'yo bir kitobning ikki sahifasi desak yanglishmaymiz. Bu ikki xalq o'tmishda zulmga qarshi birgalikda kurash olib borganlar, ozodlik uchun janglarda birga qatnashganlar. O'zbek va turkman adabiy aloqalari uzoq tarixga egadir. Turkiy xalqlarning ko'pgina mushtarak merosining yaratilishida turkman va o'zbek bobokalonlari birga qatnashganlar. Turkman va o'zbek xalqlarining tillarida taraqqiy qilgan adabiyot muayyan mavzularning ishlanishida obrazlar tanlash, uslub va boshqa bir qancha holatlarda bir-birining tajribasidan unumli foydalanganlar. So'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning gumanistik g'oyalar bilan yo'g'rilgan she'riyati, poetik merosi turkman shoirlarining diqqatini o'ziga jalb qilgan. XVII-XIX asrlarda yashab ijod etgan turkman shoirlaridan Ozodiy, Maxtumquli, Andalib, Kamina va Mullanafas, Saidiy va boshqa shoirlar Alisher Navoiyni o'zlariga ustoz bilib, uning g'azallariga naziralar yozganlar, muhammaslar bog'laganlar. Navoiy turkman shoirlarining ham ma'naviy ustozi hisoblanib, turkman xalqining eski yozma adabiyoti taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko'rsatgan. So'nggi yillarda O'zbekiston va Turkmaniston davlatlari o'rtasida o'rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalardagi hamkorliklarda ibratli tadbirlar ko'zga tashlanmoqda. O'zbekiston Prezidenti, hurmatli Sh.Mirziyoyevning Turkmanistonda bir necha marta davlat tashrifi bilan bo'lishi, Turkmaniston Prezidentining bir necha bor O'zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgani va har ikki tomon o'rtasida xalqlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatiga xizmat qiladigan bir qator hujjatlarning imzolangani madaniyatimiz va adabiy aloqalarning yanada mustahkamlanishida alohida ahamiyat kasb etdi. Bu siyosiy tadbir, jumladan, adabiyotlarimiz do'stligi ramziga aylangan-Alisher Navoiy, Maxtumquli, Andalib va Mullanafasdek buyuk so'z san'atkorlari ijodini har ikki adabiyotshunoslikda, keng doirada o'rganishga yo'l ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 66.6 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 66.6 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga