O'zbek adabiyotida zamon va makon muammosi (Rauf Parfi she'riyati misolida) MUNDARIJA: KIRISH……3-6 I BOB. MAKON VA ZAMON TUSHUNCHASI HAMDA UNING RAUF PARFI SHE'RIYATIDA AKS ETTIRILISHI…….…….7-11 EPIK VA LIRIK TURDA MAKON VA ZAMON MASALASINING O'RNI12-24 1.2 XRONIKAL TASVIRDA MAKON VA ZAMONNING AKS ETTIRILISHI25-36 II BOB. RAUF PARFI IJODIDA BADIIY XRONOTOPNING ASSOTSIATIV TASVIRDA NAMOYON BO'LISH XUSUSIYATLARI 2.1 MAKON VA ZAMONNING RAMZIY OBRAZLARDA IFODA ETILISHI37-41 2.2 KONTRAST USULIDA ZAMONIY VA MAKONIY TUSHUNCHALARNING VOQE BO'LISHI42-54 XULOSA55-59 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI60 KIRISH Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Badiiy adabiyot maxluqotlar gultoji bo'lgan insonda ong, qobiliyat, tuyg'u kabi xususiyatlarning rivojlanib borishi natijasida dunyoga kelgan va bugungi kungacha insonning ma'naviy-axloqiy jihatdan takomillashuviga xizmat qilib kelmoqda, millionlab qalblarni ezgulik unsuri bilan sug'ormoqda. Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganlaridek: Ma'naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi . Tarbiyaning eng oliy ko'rinishlaridan biri erk va haqiqat kuychisi Cho'lpon ta'kidlaganidek, adabiyot orqali ko'ngil kirlarini yuvishdir. Shuning uchun ham, taniqli adabiyotshunos Izzat Sulton: Badiiy adabiyot hamma uchun qiziqarli va foydali bo'lgan juda ko'p muammolarni,dastavval, ijtimoiy va axloqiy masalalarni qamrab oladi. Insoniyat psixologiyasi va intilishlarining mushtarakligi tufayli bir xil vakili tomonidan shu xalq hayotiga asoslanib yaratilgan asar agar yuqori g'oyaviy va badiiy saviyada yozilgan bo'lsa, o'z-o'zidan yer yuzining hamma joylaridagi kishilar uchun qiziqarli bo'lib qoladi. - deya so'z qudrati bilan butun banibasharga ma'naviy ta'sir ko'rsata olish mumkinligini izohlagan. Demak, badiiy adabiyot omma sezimiga mo'ljallangan bo'lib, shaxsiy, ma'naviy, axloqiy salohiyatini kamol topishiga xizmat qiladi. Bunda u o'zining bir qator ilmiy-nazariy kategoriyalariga ega bo'lishi lozim. Masalan, g'oya, syujet kabi asosiy elementning poetik qonuniyatlariga mos tarzda ishlatilishi o'ziga xos kategoriyalarni hosil qiladi. Bu kategoriyalarning eng asosiylaridan biri badiiy asarning hayotiyligi va haqqoniyligini taminlovchi makon va zamon kategoriyasidir. Bu tushuncha adabiyotshunoslikda xronotop deb ham nomlanadi. Badiiylikning birinchi qonuni hayotni buzmay haqqoniy tasvirlash demakdir. Mazkur qonuniyatni istisno qilmagan holda badiiy asarlarning tub hayot falsafasi yotishini anglashimiz mumkin. Adabiyotshunoslik ilmidan ma'lumki, badiiy adabiyotning tasvir predmeti - inson hisoblanadi. Adabiyotda inson tasvirlanar ekan, undagi ijobiy yoki salbiy xususiyatlar qaysi adabiy turda bo'lishidan qat'iy nazar ma'lum obrazlarga yuklatiladi. Aniqrog'i, syujetni harakatga keltiruvchi obrazlar ma'lum makon va zamonda tasvirlanishi shart. Negaki bu o'quvchini badiiy yaqinlikka olib kelish uchun, uni asar mohiyatiga qiziqtirish uchun badiiy haqiqatga ishontirish kerak bo'ladi. O'zbek adabiyoti, ayniqsa, she'riyatining xilma-xil yo'nalishda rivojlanayotganligi uning yorqin istkqbolidan dalolatdir. Modernizm bugungi o'zbek she'riyatidagi jiddiy uslubiy yo'nalishlardan bo'lib, milliy poeziyamizning yanada tarovatli va ta'sirchan bo'lishini ta'minlayotir. Har qanday adib ijodining mohiyatini uning shaxsiyatidan qidirgan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.06 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.06 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:27 ]
Arxiv ichida: doc