O'zbek afsun - duolarining mavzu va vazifadoshlik jihatidan tasnifi

O'zbek afsun - duolarining mavzu va vazifadoshlik jihatidan tasnifi

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek afsun - duolarining mavzu va vazifadoshlik jihatidan tasnifi - rasmi

Material tavsifi

O'zbek afsun-duolarining mavzu va vazifadoshlik jihatidan tasnifi Yaqin paytlarga qadar o'zbek afsun-duolari, ularning ijtimoiy-maishiy hayotda tutgan o'rni, vujudga kelishlari, ijtimoiy vazifalari, obrazlar tizimi, poetik tabiati jiddiy o'rganilmay kelindi. Chunki xalq afsun-duolariga diniy folklor tamg'asi bosilib, ilmiy jihatdan o'rganishga arzimaydigan narsa sifatida chetga surib qo'yilgan edi. Asrimizning 80 yillariga kelib afsun-duolarga ilk bor ilmiy qiziqish folklorshunos B.I.Sarimsoqov tomonidan bildirildi. Uning «O'zbek marosim folklorining janrlar sostavi, genezisi va poetikasi» nomli doktorilk dissertatsiyasida xalq afsun-duolariga kichik bir bo'lim ajratildi1. Totalitar tuzum hukm surgan, dinga, xalq ijodi va milliy maroislarga munosabat jiddiy to'siqlarga, qarshiliklarga uchrab turgan bir paytda, afsun-duolar «diniy folklor» hisoblangan bir sharoitda xalq afsun-duolariga to'xtalish, ularni ilk bor ilmiy istifodaga kiritish, uning ayrim janrlar haqida fikr bildirishning o'zi katta ilmiy jasorat edi. Shu bois ham uning xalq afsun-duolari haqidagi izlanishlari «O'zbek marosim folklori» deb atalgan fundamental monografiyasiga kiritilmagan edi2. Bu narsada tadqiqotchi emas, balki tuzum, shu tuzumning «labbay» deb ijrochisi bo'lib turgan matbaamiz va ma'lum ma'noda ilmiy muhitimiz aybdor edi. Mana endilikda Respublikamiz mustaqillikka erishgan erkin davlat huquqini oldi. Endi har bir tadqiqotchi milliy qadriyatlarimizning barcha-barchasini to'plash, chop etish va ilmiy jihatdan o'rganish huquqini qo'lga oldi. Natijada G'arb madaniyatiga sajda qilish oqibatida asta-sekin unitilayotgan afsun-duolarni o'rganish, ularning ijtimoiy-ruhiy san'at namunasi sifatidagi qadr-qimmatini yoritish imkoniyati vujudga keldi. Shu bois ham biz tadqiqotimizning ushbu bobida xalq afsun-duolarining tasnifi, ularning u yoki bu namunalariga xos xususiyatlar haqida mulohaza yuritishni lozim topdik. Xalq afsun-duolari nisbatan oz to'planganligi, to'plangan mavjud namunalari ham muayyan darajada o'zgarishlarga, soxtalashtirishlarga uchraganligi, qolaversa, bu borada ilmiy tadqiqotlarning nihoyatda ozligi tufayli o'zbek folklorining mazkur turiga mansub material jiddiy tasnif etilmagan. Shunga qaramay to'plangan material o'zbek xalq afsun-duolarining tarixiy asoslarini yoritishga, ularning mazmun va mohiyatni, poetik tabiati va vazifalarini imkon doirasida o'rganish hamda ayrim to'xtamlarga kelishga imkon beradi, boshqacha aytganda, o'z tadqiqotimizga jalb etilayotgan ashyoviy dalillar o'zbek xalq afsun-duolarining XIX va XX asrining birinchi yarmidagi holati, ko'rinishlari va vazifalari haqida ma'lum bir tasavvurlarga kelishga imkon beradi. Xalq afsun-duolarini o'rganishning qator o'ziga xos sabablari mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilardan iborat. Birinchidan, hali sof ilmiy meditsina vujudga kelmagan bir paytda kishilar turli xildagi kasalliklardan, tasodifiy faloqatlar (ilon, qoraqurt, chayon chaqishi) kabilardan qanday vositalar asosida qutulganlar? Afsun-duolarning semantik tabiatini, qo'llanish usullari va vazifalarini o'rganish ana shu aytilganlarga javob topishga imkon beradi. Ikkinchidan, davrlar o'tishi, fan texnika taraqqiyoti xalqning maishiy hayotini, uning dunyoqarashini tubdan o'zgartirib yubordi. Binobarin, uzoq ajdodlarimizning e'tiqodiy qarashlarini, udum-tutumlarini, qadimiy aytimlarini, afsun-duolarini to'plash va ilmiy asosda o'rganish ana shu narsalarning butunlay unutilib, yo'qolib ketishidan saqlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.22 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.22 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga