O'zbek bolalar folklori Reja: Bolalar folklorining tabiati, ijtimoiy-estetik ahamiyati. Alia janri tabiati. Aytim-olqishlarning janriy tabiati. Erkalama va ovutmachoq janrlari. Yalinchoqlar va hukmlagichlar. Maishiy qo'shiqlar-to'rtlik va aytishuvlar. Tegishmachoq va masxaralamalar - bolalar hajviy lirikasi namunalari. O'yin fol'klori tabiati va tarkibi (chorlamalar, cheklashmachoqlar, sanamalar, tarqalmachoqlar). Ma'naviy o'yinlar (tez aytish, chandish, guldur-gup va yashirin tilning ma'naviy-axloqiy mohiyati). O'zbek folklori va folklorshunosligini bolalar og'zaki ijodisiz tasawur qilish qiyin. Garchi bolalar og'zaki ijodi umumfolkloming tarkibiy qismi sanalsa-da, faqat o'zigagina xos xususiyatlarga ham ega. Bu hoi uni alohida hodisa sifatida ajratib o'rganishni ehtiyojga aylantira bordi. Bolalar folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg'unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o'yinlar, qo'shiqlar va muzikali poetik janrlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Uni yaratishda kattalar ham, bolalar ham baravar hissa qo'shishgan. Kattalar bolalarni erkalash poeziyasini yaratishganki, alia, aytim-olqish, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq va qaytarmachoq singari erkalash motiviga limmo-lim janrlar tizimi onalik folklori tarzida xarakterlanadi. Bunday de-yilishining sababi shundaki, bu janrlarga mansub asarlarning ijodkorligi va ijrochiligida onalar bosh rolni o'ynashadi. Shu xususiyatiga ko'ra G.S.Vinogradov, N.P.Andreev, V.l.Chicherov va S.G.Lazutinlar erkalash poeziyasini bolalar folklori tarkibiga kiritmaydilar. Ammo shu narsa ayonki, erkalash bolalami ardoqlashdan iborat mushtarak motiv bo'lib, uni faqat turli yoshdagi bolalargagina kuylash mumkin, u bolalami tarbiyalash maqsadinigina ko'zlaydi. Bu - erkalash poeziyasining bosh vazifasi. V.P.Anikin, E.V.Pomeranseva, V.A.Vasilenko va M.N.Melnikovlar shunday vazifadoshlik xususiyatiga ko'ra erkalash poeziyasini bolalar folklorining tarkibiy qismi sifatida xarakterlaydilar. Bu g'oyat to'g'ri nuqtayi nazardir. Zotan, xuddi shu genetik asosga tayangan holda kattalar bolalarga mo'ljallab maxsus badiiy adabiyot yaratdilar. Bu hodisa bolalar adabiyoti deb yuritiladi. Binobarin, kattalarning bolalarga atab to'qigan allalari, aytim-olqishlari, ovutmaehoqlari, qiziqmachoq va qaytarmachoqlari bolalar folklori tarkibiga kiritilishi va tahlil qilinishi ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi. ALLALAR ijtimoiy-estetik qimmatiga ko'ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi-bolalami uxlatish; L.Z.Budakov «Turk-tatar so'zlarining qiyosiy lug'atida» (1869) «alia» so'zining chig'atoycha ekanligini ta'kidlar ekan, dastlab u «allala» shaklida bo'lib, boshning orqasi, ya'ni ensani anglatishini qayd etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi - allasi bilan chalqanchasiga cho'zilib uxlaydi. Shu vazifasidan kelib chiqib, bola nutqida allala so'zi alia shakliga o'zgargan va uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan. Aslida «alia» so'zi bolani allalab-ovutib, avaylab uxlatishni anglata borgan. Alia - yoshini to'ldira boshlagan chaqaloq nutqida «uxlayman» ma'nosini anglatadi. Uyqu chaqirmoq, uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan qo'shiq turini ajratuvchi ma'nosi bilan istilohiy mohiyat kasb etgan. Bunday qo'shiqlarda allalab ovutish yoki ovutib uxlatish kuylash jarayonida amalga oshiriladi. AUaning ikkinchi vazifasi-tarbiyaviy-estetik mohiyati ana shundadir. Bu uning emotsional ta'sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo'lib, bolani kuy og'ushida ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.24 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.24 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: docx