O'zbek dramaturgiyasida hayot haqiqati va badiiylik (Erkin A'zam dramalari misolida) BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA KIRISH……. 3 I БОБ. Дramaturgiyada hayot haqiqatining ifodalanishi…… I.1. Drama janrining o'ziga xos xususiyatlari7 I.2. О'zbek dramaturgiyasida pafos va ko'pqatlamlilik21 II BOB. Erkin A'zamning dramaturglik mahorati II.1. Jannat о'zi qaydadir dramasida hayot haqiqati va badiiy tasvir40 II.2. Erkin A'zam kinodramaturgisida milliy g'oya masalalari46 XULOSA55 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО'YXATI58 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Dunyo adabiyoti tarixiga loaqal yuzaki nazar tashlaganimizda ham u hamisha kishilik jamiyati, hayotidagi katta о'zgarish va evrilishlarning aks-sadosi bо'lib kelganini kо'ramiz. Hatto aksincha, adabiyot, ya'ni ma'naviy aslahalar о'sha о'zgarish va evrilishlarni tayyorlashda qatnashgani ham ravshan. Shu ma'noda bizning istiqlolga erishivumiz adabiyotimizga ikki taraflama yondashuvlar uchun imkon yaratadi. Birinchisi, istiqlol yо'lidagi kurash о'tgan asrda vijdonli har bir о'zbek adibi uchun pinhona bо'lsa-da, ma'naviy burchga aylangan edi. Shu og'ir, muqaddas kurashda ne-ne adiblar shahid ketganini hech qachon unutmaymiz. Ikkinchi jihat esa, qо'lga kiritilgan istiqlol, mustaqillik va uni mustahkamlash, himoya qilish yо'lida ijodkorlarimiz bajarayotgan ishlarning ahamiyati va salmog'i xususida. Umuman olganda, istiqlol adabiyotga, yozuvchiga nimalarni tuhfa etdi? Avvalambor, u chinakam ijod qilish, yaratish, haq sо'zni, haqiqatni baralla aytish erkinligini berdi. Hurriyat sharofati va albatta, Yurtboshimizning ma'naviyatga teran, xolis munosabati tufayli adabiy muhitda ham jahon andozalariga mos keladigan shart - sharoitlar yaratildi. Yozuvchilarimiz mustaqillik yillaridan keyin erkin ijod qila boshlashdi. San'atning barcha turlari, jumladan, dramaturgiya, kino sohalariga ham katta e'tibor qaratildi. Albatta, teatr va kinodramaturgiyaning taraqqiyoti, rivojida ssenariylarning ahamiyati katta. Shu jihatdan, dramaturgiyaning bu sohasi har doim e'tiborda. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, Ayni paytda teatr san'atimizda ham bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan, tomoshabinni о'ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtai nazaridan badiiy yuksak asarlar, afsuski, kam ekanini tan olishimiz lozim. Aksincha, real haqiqatdan yiroq, odamga katta ma'naviy oziqa bermaydigan asarlar bilan teatrlar kassasini tо'ldirish holatlari kо'proq kо'zga tashlanmoqda. Albatta, hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti talablarini ham inobatga olish kerak. Lekin yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug'orilgan asarlar yaratish - barcha san'at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy mezon bо'lishi tabiiy. Bu maqsadga erishish uchun yosh va iste'dodli dramaturg va rejissyorlar, teatr aktyorlarini tarbiyalab voyaga yetkazish ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. Eng ommaviy san'at turi bо'lmish kino sohasini oladigan bо'lsak, о'z vaqtida bu borada bizda о'ziga xos ijodiy maktab yaratilganini mamnuniyat bilan qayd etish lozim. Shaxsan men har safar «Tohir va Zuhra», «О'tgan kunlar», «Sen yetim emassan», «Mahallada duv-duv gap» kabi mumtoz filmlarimizni kо'rganda bu haqiqatga ishonch hosil qilaman. Mana shunday tom ma'nodagi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
76.27 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
76.27 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: docx