O'zbek marifatparvarlik adabiyotida nasr Reja: 1. XIX asrning ikkinchi yarmidan 1917 yilning oktyabrigacha bo'lgan ijtimoiy hayot. 2. Furqatnoma- o'zbek prozasining yorqin namunasi. 3.Tarixi muhojiron (Muhojirlar tarixi) - avtobiografik publitsistik qissa. 4. Qarolar falsafasi - badiiy publitsistik asar namunasi. XIX asrning ikkinchi yarmidan 1917 yilning oktyabrigacha bo'lgan ijtimoiy hayot. XIX asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyoni Rossiya bosib olgan davr edi. Bu davrda ma'rifatparvarlik adabiyoti keng rivojlandi.Komil, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O'tar o'g'li, Dilshod va Anbar otinlar o'z ijodlari bilan ancha asarlarni maydonga keltirdilar. Tuzumning qabihlik va illatlarini, hukmron tabaqalarning mehnatkash xalqqa etkazga jabr-zulmlari qoraladilar. XIX asrning 90-91 yillarda Zokirjon Furqat hayotida ijodiy ko'tarinkilik davri bo'ldi. U Turkiston viloyati gazetida rasmiy xodim sifatida faol ishlagan. U gimnaziya, bosmaxona, laboratoriya, teatr, vistavka va kontsert zallarida bo'lib, barcha yangiliklarni sinchkovlik bilan o'rgangan. Bu yillar shoir uchun eng sermahsul ijod davri ham bo'ldi. Uning Gimnazich, Akt majlisi, Na'ma bazmi, Vistavka, Suvorov kabi o'nlab she'rlari yaratildi. O'zbek nasrining yorqin namunasi bo'lgan Furqatnoma ana shu ijodiy yuksalish davrining mevasi sifatida maydonga keldi. Furqatning jurnalistik faoliyati, publitsistik maqolalari G'afur Ғulom, V.Zohidov, I.Mo'minov, X.Rasul, M.SHayxzoda, Ғ.Karimov kabi olimlar ishlarida, A.Abdug'afurovning Furqatning nasriy merosi (O'zbek adabiyoti tarixi masalalari to'plamida, Toshkent,1976). Furqatnoma memuar asar. Unda: a) hayotiy mazmunni, mehnatkash omma turmushi va ijtimoiy ongida yuz berayotgan siljish va o'zgarishlar realistik uslubda ifodalangan; b) umuxalq va o'lka hayoti va taqdiri bilan chambarchas bog'liq yirik ijtimoiy-siyosiy masalaarni ham qamrab olishi va xalqchil yoritishi; v) yakka shaxs hayoti sahifalarini ijtimoiy-tarixiy voqalar asosida tasvirlash; g) o'zida aniq tarixiy sharoit va davr ruhini singdirishi; d) tilining soddaligi, bayonning aniq va izchiligi jihatidan ijobiy farqlanadi. Asar juda qisqa vaqt ichida yozilgan. Uning ilk sahifalari Turkiston viloyatining gazetida 1891 yil 22 yanvarda e'lon qilingan bo'lsa, oxiri o'sha yilning 28 iyun' sonida bosilib chiqqan. Sрoir bu asarni maqolalar shaklida paydar - pay yozgan lekin tugal asar. Asar ma'lum ijtimoiy zarurat - jamoatchilikda Furqat shaxsiyati, hayoti va ijodiga bo'lgan katta qiziqish, ma'naviy talab taqozosi bilan yaratilgan. Furqatnoma da 1) Muallif shaxsiyati. 2) Ijodiy faoliyat. 3) eskilik tanqidi, yangilik ta'rifi. 4) etnografik ma'lumotlar. 5) Badiiy lavhalar ancha keng va aniq berilgan. Furqatnoma, avtobiografik-memuar janridagi asar bo'lganligi uchun ham, avvalo shoirning o'zi haqida hikoya qiluvchi asardir.Sрoir asarning yaratilishi haqida quyidagilarni yozadi: Gimnaziya boshlig'i (so'z Toshkent gimnaziyasining direktori N.P.Ostroumov haqida)aksar mendin islomiya madrasasi xususida savol qilur erdi. Bir kun ittifoqo suhbat voqe' o'lub, islomiya maktablarining ta'lim va tadbirlaridin arog'a so'z tushub, meni o'z ovoni tufuliyatimdin boshlab maktabda qaysi tariqa o'qug'onimdin va ul ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.25 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.25 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: doc