O'zbek mumtoz adabiyoti merosi

O'zbek mumtoz adabiyoti merosi

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek mumtoz adabiyoti merosi - rasmi

Material tavsifi

Ulug' o'zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. G'arbda chig'atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda nizomi millati va d-din (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug'lanadi. Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she'rlarini yig'ib, Ilk devon (1464-65) tuzgan edilar, so'ngra Badoyiul-bidoya (Go'zallikning boshlanishi), Navodirun-nihoya (Nodirliklar nihoyasi) nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 500 misradan ortiq Xazoyinul-maoniy nomli to'rt devon (1491-1498)ga jamlangan. Navoiy she'riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko'lami (16) xilma-xil. G'azallari oshiqona, orifona, rindona (Shayxzoda) sifatlar bilan o'rganiladi. G'azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg'un holda ulug'lanib, majoz - haqiqat ko'prigi aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she'riyatidagi zohiriy ma'no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o'rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin. Ulug' o'zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tug'ildi. Uch yoshligida otasi o'lib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan iste'fo beradi. Qolgan umrini ijodga bag'ishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi. O'zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U Riyozud-davla (1844), Zubdatut-tavorix (1845-1846), Jome'ul-voqeoti Sultoniy (1856), Gulshani davlat (1865), Shohidi iqbol (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi. Bu asarlardan N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Yahyo G'ulomovlar o'z ishlarida foydalanishgan. Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (O'zFA ShI inv. № 938), 19 ta asarni o'zbek tiliga tarjima qildi (inv. № 1214; 809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. № 7474). U shoir sifatida Navoiy an'analarini davom ettirdi. Ta'vizul-oshiqin (Oshiqlar tumori) nomli devon tuzgan. Unda 18.00 misra she'ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she'rlari. U 20 ga yaqin she'riy janrlarda asarlar yaratgan. Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular Nizomiyning Haft paykar (nasr bilan), Sa'diyning Guliston, Kaykovusning Qobusnoma, Mahmud G'ijduvoniyning Miftohut-tolibin, Muhammad Muqim Hirotiyning Taboqoti Akbarshohiy, Muhammad Yusuf Munshiyning Tazkirayi Muqimxoniy, kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir. Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda o'sha paytda Marg'ilon hokimi bo'lgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon o'rniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qo'qonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan so'ng o'g'li Ma'dalixon bilan birga Qo'qon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga