O'zbek mumtoz adabiyotida tahlil va talqin masalasi

O'zbek mumtoz adabiyotida tahlil va talqin masalasi

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek mumtoz adabiyotida tahlil va talqin masalasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbek mumtoz adabiyotida tahlil va talqin masalasi Reja: Qadimgi Sharqda matnga yondashuv masalasi Tafsir, ilmi-sharh, ilmi-aruz, ilmi-qofiya, ilmi-sanoi O'zbek mumtoz adabiyotida ilmi-g'ariba Ilmi-g'ariba, fununi-ajiba mumtoz tahlil namunasi sifatida Ilmi-g'aribaning hozirgi adabiyotshunoslikdagi o'rni va ekvivalentlari Badiiy matn va asarni tahlil etishda ilmi-g'aribaning o'rni Mumtoz adabiyoshunosligimizda ilmi g'ariba, g'ariba fani xususida talaygina ma'lumotlar berilgan. G'arib (g'ariba) - ajoyib, taajjublanarli, hayron qoladigan narsa. Ilmi g'ariba talqin fani bilan bevosita bog'liq. Ilmi g'ariba fanning teran nuqtalarini, ich-ichidagi ma'nilarini anglash san'atidir. G'ariba ilmi mavjud fanlarni sinchiklab o'rganish orqali kashfiyot darajasida xulosa chiqarishgacha yetish, ajoyibot nuqtasi qadar ko'tarilpshdir. Alisher Navoiy «Xamsatul-mutaxayyirnn» asarida Abdurahmon Jomiyning ilmiy o'quvi nihoyatda kuchliligi haqida to'xtab: «Va g'aribdurkim, zohir ulumining takmili vaqtida necha ish alarg'a muyassar bo'lib turkim, bu ummatda akobir va soxib kamollardan hyech qaysig'a voqye' bo'lg'oni zohir emas», degan xulosaga keladi. Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Muso alayhissalomning yaqin qarindoshi Qorun haqida yozadi: «Va Muso alayhissalomning yaqin qarobatidur. Va Muso alayhis-salom aning tarbiyatidan mubolag'a qilur edi. Va ulumi g'ariba va fununi ajibakim, fayzi olihidin zamirig'a munoqqosh erdi, aning fahmi yetkoncha anga ta'lim qilur erdi».Abdurauf Fitratning «Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning jadid maktablari xususinda qilgan munozarasi» asarida Buxoro madrasalarining talabalari o'qishning to'rtinchi-yettinchi yillarida «Mulla Jomiy»ni - «Sharhi Jomiy»ni («Favoyid o'z-ziyoiya», «Al-marfu'ot», «Al-majrurot», «Al-mansubot», «Al-mabniyyot») asarlari sharhi o'qitilganligi xususida yoziladi. Demak, Jomiy asarlaridagi mantiqning kuchliligi - ilmi g'ariba darajasiga ko'tarilganligi rasman tan olingan edi. Ilmi g'ariba haqida Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarida ham ma'lumotlar mavjud. Olimlar rahnamosi Asomiddin Ibrohim haqidagi ma'lumot diqqatga sazovordir: «Ko'pgina ilm sohalari bo'yicha yaxshi tasniflari bor. Ayniqsa g'ariba fanida tidori kuchli edi. Insho yozganda ko'p ma'nolarni mo'jaz va lo'nda kalomda bayon etib, siqiq hajm mazmunida katta va ko'p fikrlarni anglatardi. Hazrat Ubaydulloxon peshindan keyin arabiy tilda bir ruboiy aytib yuborgan ekan, mullo esa namozshomgacha dovur vaqt ichida shu ruboiy xususida bir arabcha risola tasnif qilishga ulgurganlar. Mazkur ruboiyning har bir misrasi bobida olti yuz ellik ma'no aytganlar». Mazkur asarda Asomiddin Ibroximning shogirdi Mavlono Husayn Turkistoniy haqida mana bu ma'lumot berilgan: «Ilmlar ikir-chikirini shu darajada o'zlashtirganki, bu sohalarning ko'pida mahorat bilan ish olib borardi G'ariba fanida fasohatomez nutqi va balog'atangez kalomi bilan ko'p ran tanobini tortib, farovon ma'noli fikrlar inshosini oz jumlalarda oydin, ravon bayon qilardiki, dunyo kezuvchi aql isbotlash kemasi bilan tasavvur dengizida ketidan qanchalik ergashmasin, uni sharhlovchi so'z topa olmasdi, aniqrog'i, isbotlanmas masalalar turkumidan hisoblanardi». XX asrda, sho'ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligida ilmi g'aribaning paydo bo'lmaganligi sabablarini o'ylayman. Birinchidan, g'ariba fani haqiqiy san'at asarlari talqinida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.41 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.41 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga