O'zbek notiqligi tarixidan Reja: Kirish 1. O'rta Osiyoda notiqlik san'ati. 2. Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz Koshifiy va voizlik. Notiqlik - o'tmish so'z san'atining eng barkamol ommaviy janrlaridan bo'lib, bu san'atni musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. Shunga ko'ra nutq - va'z, notiq - voiz deb yuritilgan. O'rta Osiyo xalqlari, jumladan o'zbek xalqi IX-XV asrlarda dunyo madaniyati taraqqiyotida oldingi saflardan biriga ko'tarila olgan edi. Umuman, o'rta asrlarda fan va madaniyatning rivojida Xorazmiy, Farog'iy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Qoshg'ariy, Navoiy kabi ulug' siymolar katta hissa qo'shganlar. Bular yashagan davrni Sharq tarixida Uyg'onish davri ham deb yuritiladi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot, san'at madaniyatimizning ravnaq topgan yillari bo'ldi. Adabiyot - san'at, fan va umuman, madaniyatimizning targ'ibotchilari bo'lgan bu allomalar ayni vaqtda voiz (notiq)lik san'atini ham yaratdilar. IX-X asrlar orasida yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy (837-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037) kabi yirik olimlarimiz faqat zamonalarining ilm-fani bilan chegaralanib qolmay, ayni vaqtda notiq ham bo'lganlar hamda notiqlikning tug'ilishi, shakllanishi va rivojiga ham katta e'tibor berganlar. Bulardan tashqari, XI asrda Kaykavus tomonidan yaratilgan Qobusnomada ham notiqlik san'ati haqida batafsid to'xtalib o'tilgan. Hatto muallifning ta'kidlashiga qaraganda, barcha hunarlar ichida so'z hunarini - notiqlikni ulug'laydi. Notiqlik juda uzoq tarixga ega, ana shu davr ichida u shakllandi, o'zgardi va kamol topdi. Albatta bu tarixiy jarayonda nasldan-naslga meros qolishga arzigulik an'analar ham yetib keldi. Sharq va xususan O'rta Osiyoda juda ko'plab notiqlar yetishib chiqdilar, faqat yetishib chiqdilargina emas, balki ular notiqlik asoslarini va maktabini yaratib, butun Sharqqa, hatto butun dunyoga mashhur bo'lganlar. Jumladan: Voiz Muhammad Rafi' - Abvobul jinon. Voiz Qazviniy - Zilolu maqol. Voiz shirvoniy - Ahsanul ahodis. Muhammad Bobur binni Muhammad Voiz - Hidoyatul-taqvim. Quraysh Sindiy - Anisul-voizin. Mulla Kalon Voiz Samarqandiy - Ravzatul-voizin. Qozi O'shiy - Miftoxun-najjoh (So'zning kaliti) va boshqa bir qator mohir so'z ustalari o'zlarining risolalarini yaratib, notiqlik nazariyasi sohasida ham katta yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Bularni har biri o'z tarixi, taqdiriga ega bo'lgan siymolardir. Voizlikning kelib chiqishi tarixi ham ancha qiziq. Shveytsar olimi Adam Metsning ma'lumotlariga ko'ra ilgari podshohlar el oldiga chiqib davlat tuzumi, itoatkorlik, xalqaro ahvol, diniy qoidalar, o'z siyosatlari va boshqa mavzularda nutq so'zlab turganlar. Ularning nutq matnlarini esa, saroy xodimlari, ya'ni devonul insho xodimlari yozib bergan. Ayniqsa, juma namozi kunlari ularning chiqib, nutq so'zlashlari shart bo'lgan. Vaqtlar o'tishi bilan bunday ishlarni maxsus so'z ustalariga topshira boshlaganlar. Jumladan Mavlono Faxriddin Ali Safiyning Latoyifut-tavoyif asarida aytilishicha, Sulton Husayn Boyqaro bir kuni Sherozga, Shoh Shijo' oldiga rasmiy davlat ishi bilan muzoqara olib ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.37 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.37 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:29 ]
Arxiv ichida: doc