O'zbek qissalariga xos qahramon yaratish tamoyillari Reja: Bugungi o'zbek qissachiligining janr va uslub xususiyatlari. Qissachilik taraqqiyotining etakchi tendensiyalari. O'zbek qissalariga xos etakchi estetik tamoyillar. Qissa janri hikoyaga nisbatan badiiy fikr harakati uchun keng imkon beradi. Ana shu imkoniyatdan foydalangan yozuvchilar inson fojiasining yangicha badiiy talqinini yaratishga erishmoqdalar. Qissa epik tur janrlari orasida imkoniyatlari hikoyaga qaraganda kengligi, shaklining rang-barangligi, mazmunining ko'lamdorligi bilan ham ajralib turadi. Mana shu xususiyatlariga ko'ra bu janrni ummonga qiyoslash mumkin. Badiiyat olami esa kashfiyotlar manbaidir. Xususan, mustaqillik davrida ko'plab ijodkorlar qissachilik janrida barkamol ijod qilmokdalar: SH.Bo'taev, M.Boboev, X.Do'stmuhammad, N.Norqobilov, SH.Hamro, N.Eshonqul yaratgan asarlar kitobxonlar e'tiborini jalb qildi. Chunki, bugungi adabiyot - alohida, ayni chog'da turli-tuman shaxslarning tuyg'ulari, qiyofalari aks etgan adabiyot sifatida qad rostlagan. Zamondoshimizning o'zi - alohida, betakror va yaratuvchi inson. Shu manoda, zamondoshimizni o'z shaxsiyatining elchisi, deyish mumkin. Mustaqillik davri o'zbek qissalarida o'zbekning o'ziga xos tabiatini, ko'nglidagi sezimlar va mayllarini aks ettirishga intilishning kuchayganligi ham kitobxon e'tiboridan chetda qolmayapti. Bunday o'ziga xoslik qahramon ruhiyati timsolida uning surati va siyrati orqali tasvirlanmoqda, bunday uslub tasvirning teranligini, badiiy nigohning o'tkirligini taqozo etmoqda. Ayni shunday harakatning xayrli samaralaridan yozuvchi Shoyim Bo'taevning Kunbotardagi bog', Eski arava, Sho'rodan qolgan odamlar, Bir kunlik mehmon qissalaridir. Kunbotardagi bog'1 qissasida yozuvchi qaynarbuloq bag'ridagi Yakkatepa qishlog'i odamlari hayotini qalamga olgan. Soddalik, samimiyat, urf-odatlar va an'analarga sodiqlik, insonparvarlik, g'amxo'rlik kabi xususiyatlar ularga xos. Ulg'ay ena bilan Ruqiya bibining hayot tarzi, xatti-harakatlari, o'y-kechinmalari ana shu muqaddas ezguliklar ruhiga evrilgan. Ruqiya kelinbibi sal narsaga duv-duv yosh to'kaveradigan ko'ngli bo'sh ayol bo'lsa, Ulg'ay ena ne-ne hayot sinovlariga dosh berib, so'ng qoyaga aylangan, bardoshli, mehrli inson. Ruqiya kelinbibiga Ulg'ay ena uch-to'rt hovli naridagi qo'shni. Ammo ularni, Ruqiya bibining o'g'illari Elyor bilan Ilyosni mehr-muhabbat, oqibat rishtalari bog'lab turadi. Ruqiyaning goh o'zi, goh o'g'illari kampirning issiq-sovug'idan xabar olib turishadi. Kampir esa yolg'izgina o'g'li - shaharda rassomlikka o'qiyotgan To'xtasinini kutib yashaydi, eshikka termulib, uning qishloqqa, ona bag'riga qaytishini intizorlik bilan kutadi. Ota-bobolaridan qolgan yolg'iz yodgorlik - ana shu bog'ni qo'shqo'llab yolg'iziga tutqazsa, o'g'lining bolalari bog'da yayrab o'ssa, uni obod qilishsa kampirning yagona orzusi shu. Asarda Ruqiya bibining toshbag'ir yeri Safarov, Ulg'ay enaning tezroq o'lib, bog'ini o'ziniki qilib olish xayolidagi Nu'mon qirtish, to'g'riso'z, imonli Gulmurod bilan brigadir, manfaat yo'lida har qanday ezgulik va halollikni bosib-yanchib o'tadigan rais, Nosir cho'tir, Hayit malla singari xilma-xil qiyofadagi insonlar obrazlari yaratilgan. Ular bir butun qishloq hayotini, shu zaminning dardu quvonchlarini aks ettirishga xizmat qilganlar. Nu'monjon, uzumlardan olib ketaver, o'riklarni qoqib-terib ol. Manga indama. Bu bog'da ko'p yaxshi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.03 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.03 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:29 ]
Arxiv ichida: doc