O'zbek tanqidchiligida Abdulla Qodiriy ijodoning o'rganilishi mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija. Kirish. I bob. XX asrning 20-30 yillari о'zbek tanqidchiligida Abdulla Qodiriy ijodining о'rganilishi. I. 1. Sotti Husayn Abdulla Qodiriy ijldi haqida. I. 2. Oybek Qodiriyshunos olim. II bob XX asrning 60-70 yillari va mustaqillik davri о'zbek tanqidchiligida Abdulla Qodiriy ijodi. II. 1. Matyoqub Qо'shjonov va Ahmad Aliyev Abdulla Qodiriy tadqiqotchilari. II. 2. Mustaqillik yillarida Abdulla Qodiriy ijodining о'rganilishi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz о'z mustaqilligini qо'lga kiritgandan keyin, barcha sohalarga jiddiy e'tibor berildi. Shu bilan bir qatorda, о'zbek adabiyotida о'chmas iz qoldirgan adiblarimizning buyuk nomlariga, о'lmas adabiy meroslariga ham alohida diqqat qaratildi. Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganlaridek insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bо'lsa, sо'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta'riflanishi bejiz emas. Buyuk iste'dod sohibi, gо'zal romanlar muallifi Abdulla Qodiriy haqida о'nlab kitoblar, yuzlab adabiy-tanqidiy maqolalar yozilgan. Ularda adib ijodi, hayotiga tegishli ma'lumotlar turlicha talqin qilingan. Abdulla Qodiriyning badiiy olami, adabiy-estetik ideali bilan talqinchining ilmiy qarashlari orasidagi munosabat, hukmron siyosatining adabiy talqinga ta'siri, va boshqa qator masalalarni yangicha ilmiy asosda о'rganish muhim. Shuningdek, masalaning yangicha estetik qarashlar asosida о'rganish, bu nihoyatda dolzarb ekanligi bilan farqlanadi. Shu ma'noda adabiyot va siyosat juftligi filologiya ilmida har vaqt yonma-yon keladi. Adabiy asarni, ma'lum bir ijodkor merosini, shaxsiyatini bor holicha tushunish va tushuntirishda arxiv xujjatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, biografik ma'lumotlarning ilmiy muomalaga olib kirish nafaqat badiiy asarning о'zini, balki uning muallifini, aniq bir inson qalbini, dardu dunyosini his etishga ham ahamiyatlidir. Ayni masalalarni mantiqiy, izchil va asosli ravishda qodiriyshunoslik misolida yoritish, о'zbek adabiyotshunosligining umumiy va xususiy holatini tasavvur etishda yordam beradi. Bir tomondan, qodiriyshunoslik tarixining umumiy manzarasi kо'zga tashlansa, ikkinchidan, talqindagi xilma-xillik negizi, badiiy talqin va ilmiy talqin muvozanati, badiiy asarni tushunish va tushuntirish, ilmiy talqin va unga boshqa omillarning ta'siri oydinlashadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadi о'zbek tanqidchiligi tarixida Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga, asarlariga tegishli ma'lumotlar turlicha talqin qilinganligi, о'tgan davrda Abdulla Qodiriyning badiiy olami, adabiy-estetik qarashlari orasidagi munosabatlarni, qolaversa, bu munosabat istiqlol yillarida qanday tarzda о'z aksini topganligi, eng muhimi bu munosabatlar о'zbek munaqiqidlari tomonidan qanchalik haqqoniy yoritilganligini ochib berishdir. О'zbek romansiligi asoschilaridan biri Abdulla Qodiriy asarlarining о'rganilishida juda kо'plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususan, adib ijodida, bir nechta kitoblar, yuzlab adabiy tanqidiy maqolalar yozilgan. Bu kabi e'tibor adib ijodiga nafaqat ayni damda, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.37 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.37 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:29 ]
Arxiv ichida: doc