O'zbek tili ravnaq topishi uchun asos bo'lgan omillar

O'zbek tili ravnaq topishi uchun asos bo'lgan omillar

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek tili ravnaq topishi uchun asos bo'lgan omillar - rasmi

Material tavsifi

O'zbek tilining ravnaq topishi uchun asos bo'lgan omillar Reja: 1. Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o'rganishning ilk davri 2.Adabiy til, yozuv va sheva masalalarining ishlanishi 3. Turkiy tillarni diaxronika va qiyosiy - tarixiy aspektrlarda o'rganish 4.Turkiy tillarni sinxronik aspektda o'rganish 5. Hozirgi o'zbek tilshunosligi Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o'rganish an'anasining vujudga kelishi o'rta asrlarga borib taqaladi. Bu an'ananing qaror topishida klassik arab filologiyasi bo'yicha tahsil ko'rgan filolog olimlarining ilmiy faoliyati katta ahamiyatga ega bo'ldi. 1. Turkiy xalqlar tillarini o'rganishning ilk davri. Yer yuzida yashayotgan barcha xalqlar to'satdan yoki tasodifan paydo bo'lgan emas, ular turli nom-nishonlar bilan hayot so'qmoqlarini bosib o'tishgan. O'zbek xalqi ham asrlar osha skif, xun qadimgi turkiy davrlarda tarixan shakllangan bir guruh turkiy qabilalar asosida tashkil topgan. Turkiy xalqlar, jumladan o'zbek xalqi o'zining uzoq tarixiga ega bo'lshiga qaramay, XX asrning boshlarigacha turk, sart, chig'atoy, o'zbek atamalari bilan yuritilib kelindi. Turk atamasining urug', qabila, ko'chmanchilar mamlakati, qudratli, alohida jangchilar, qurolsozlar, dubulg'a, sodda ma'nolarda ishlatilgani qayd etiladi (Kononov A. N. Ovit analiza termina turk S. E. 1-tom, 46-bet). Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o'rganish an'anasining paydo bo'lishi o'rta asrlarga borib taqaladi. Bu an'ananing qaror topishida klassik arab filologiyasining va unda tahsil olgan olimlarning ilmiy-lisoniy faoliyati katta ahamiyatga ega. Klassik arab filologiyasining hamon paydo bo'lgani ma'lum emas, chunki dastlabki ma'lumotlar, asarlar bizgacha yetib kelmagan. Mavjud ma'lumotlar esa bu fanning VII asrda paydo bo'lganidan dalolat beradi. Arab filologlari, xususan arab tilshunoslari VII―XIV asrlarda yuksak natijalarni qo'lga kiritdilar. Iso as-Sag'ofiy (VII asr), Al Basriy Sibovayxiy (VII asr), Al Mubarrad (IX asr), Al Dinavariy (IX asr), M. Zamashxariy (XII asr), Abu Hayyon (XII-XIV asr) kabi olimlar arab tili fonetikasi va gramatikasi to'g'risida mukammal izchil ta'limot yaratdilar. Arab tilshunosligi, ayniqsa lug'atchilik sohasida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Xalil Ibn Ahmad al Farohidiy (VII asr) Kitob ul Ayn lug'atini yaratdi. Fonetik-fiziologik prinsipga asoslangan bu lug'at arab leksikografiyasining ibtidosi hisoblanadi. Bu lug'atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan o'rnini shundan ham bilish mumkinki. Xalil ibn Ahmaddan qariyib uch yuz yil keyin yashagan Mahmud Qoshg'ariy o'z asarini uning lug'atiga o'xshatib tuzish niyatida ekanligini ta'kidlab ko'rsatadi. Arab leksikograflari lug'atning xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al Asmaiy (IX asr) maqol va matallar lug'ati, Muhammad al Anbariy (X asr) qarama - qarshi ma'noli so'zlar lug'ati, Abdulla ibn Qutbay (IX asr) 12 tomli qomusiy lug'atini yaratdi. XIV asrda yashagan mashhur filolog olim al Feruzabodiy 60 tomli (ba'zi manbalarga qaraganda 100 tomli) qomusiy lug'at tuzgani haqida ma'lumotlar bor. 2. Adabiy til, yozuv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.02 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.02 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga