O'zbek xalq afsun - duolar folklor janri sifatida

O'zbek xalq afsun - duolar folklor janri sifatida

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq afsun - duolar folklor janri sifatida - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEK XALQ AFSUN - DUOLAR FOLKLOR JANRI SIFATIDA Reja: KIRISH……3-6 I.BOB. О'ZBEK XALQ AFSUN-DUOLAR FOLKLOR JANRI SIFATIDA……7-10 I.1. О'ZBEK AFSUN-DUOLARINING MAVZU VA VAZIFADOSHLIK JIHATIDAN TASNIFI……11-24 I.2. SHE'RIY SHAKLLARDAGI AFSUN DUOLAR……25-42 II.BOB. О'ZBEK XALQ AFSUN-DUOLARINING BADIIYATI II.1. AFSUN DUOLARNING KOMPOZITSIYASI…….……43-50 II.2. XALQ AFSUN DUOLARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI…….……51-55 X U L O S A……56-57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI….……58-59 Kirish Mavzuning dolzarbligi. О'z hayotini yaxshi va kо'ngildagidek о'tkazish uchun har bir inson kurashadi. Buning uchun tabiat kuchlariga, ularning beshavqat xurujiga qarshi chora-tadbirlar о'ylab topadi, bevosita insonlar tomonidan, qilinadigan ta'sir va zarbalarning oldini olish uchun xilma-xil vosita hamda usullar qidiradi. Mana shu tariqa о'ylab topilgan har bir chora-tadbir xalq tajribasida uzoq yillar sinovlardan о'tkazilib, barcha tomonidan qо'llanila boshlaydi. Ma'lumki, jamiyat, xalq, millatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti, barkamol avlodning shakllanishida badiiy adabiyotning ahamiyati nihoyatda ulkan. Bu haqda Prezidentimiz Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor risolasida katta e'tiborga loyiq fikr-mulohazalarni bildirganlar. Ushbu dastur qarash-g'oyalar har bir ijodkor, shuningdek, adabiyot ilmi mutaxassislariga tasvir va tadqiq yo'llari, vositarini to'g'ri tanlash va ish yuritishga ko'mak beradi. Afsun-duolar sо'z, inson nigohi va xatti-harakatida sehr-jodu qudrati bor deb qaralgan zamonlarda vujudga kelgan bо'lib, о'sha vaqtlardan buyon ular kishilar о'rtasida goh ochiq, goh yashirik holda yashab keladi. Xalq afsun-duolarga nisbatan turli davrlarda turlicha munosabatlar hukm surib keldi. Birgina sovet tuzumi davrida afsun-duolarga bо'lgan munosabatga nazar tashlasak, minglab yillar mobaynida xalq о'rtasida ruhiy terapeya vazifasini о'tab kelgan xalq donoligining mahsuli afsun-duolarga nisbatan hurmatsizlik, beshafqat munosabat qay darajada amal qilganligini kо'ramiz. Turli munosabat bilan xalq murojaat etadigan qanchadan-qancha duoxonlarimiz, azayimxonlar shafqatsiz qatag'onlarga duchor qilindi. Mana shuning oqibatida juda kо'plab afsun-duolarimiz unutildi va beiz yо'qolib ketdi. Mana shuning о'zi xalq ma'naviy boyligining qadrlanmaganligidan, toptalganligidan dalolat beradi. Endilikda davr о'zgardi, xalq yaratuvchiligining barcha namunalariga munosabat butunlay boshqacha tus oldi. Holbuki, bu davrga kelib kо'plab afsunxonlarimiz о'zlari bilan ma'naviy boyligimizning kattagina qismini yо'qlik olamiga olib ketdilar. Shunga qaramay, bir narsaga shukr qilish lozimki, xalq baribir katta kuch. U о'z hayotida, ayniqsa о'z ma'naviy dunyosida mavjud bо'lgan va amal qilgan kо'p narsalarni asrab-avaylab saqlab qoladi. Afsun-duolar haqida ham bu narsani e'tirof etish joiz. Kо'p yillik qidirishlarimiz natijasida hozir biz yо'qolib ketdi, deb yurgan afsu-duolarning о'n beshga yaqin turlarining tо'planishi fikrimizning dalili bо'la oladi. Tо'plagan materiallar hajmi va kо'lami esa ular haqida maxsus ilmiy tadqiqot ishi yozishga tо'la huquq berdi. Mana shundan kelib chiqib aytish lozimki, bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi quyidagi ikki jihat bilan belgilanadi: Birinchidan, xalq hayotining turli-tuman jabhalarida har xil munosabat bilan qо'llanilib kelingan afsun-duolarni jamlash, ularni vazifadoshlik nuqtai nazaridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 114.9 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 114.9 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga