O'zbek xalq afsun - duolarining badiiyati

O'zbek xalq afsun - duolarining badiiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq afsun - duolarining badiiyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq afsun-duolarining badiiyati Reja: Afsun-duolarning vujudga kelishi Afsun-duolarning tuzilishi Afsun-duolarning turli taraqqiyot bosqichlarida bajargan vazifalari Afsun-duolarda keng qo'llanilgan badiiy san'atlar O'zbek xalq afsun-duolari qadimgi ajdodlarimizning tabiat hodisalari, kishilarning sehr-jodu qudratlariga ishonch-e'tiqodlari natijasida vujudga kelgandir. Shu bois afsun-duolarga kishilar estetik lazzat olish istagi bilan emas, balki kundalik maishiy ehtiyoj tufayli murojaat etganlar. Masalan, kimdir qo'ziqib qoldi, kimnidir biror zaharli jondor chaqib oladi va x.k. Mana shunday paytlarda kishilar chorasizlikdan ota-bobolari qachonlardir kashf etgan va sehr-jodu qudrati bor deb taxmin etilgan aytimlarga, xatti-harakat va narsalarga murojaat qilganlar. Ma'lum bo'ladiki, xalq afsun-duolari estetik vazifa bajaruvchi janrlar bo'lmay, balki sof maishiy-amaliy vazifa o'tovchi janrlar hisoblanadi. Biroq uzoq davrlar mobaynida takror va takror qo'llanish oqibatida bu aytimlar muayyan qat'iy shakllarga kelib qolgan. Uzoq vaqtlar o'tishi natijasida aytimlar tarkibida uchraydigan ismlar ham o'z tarixini yo'qotib sof badiiy to'qima obrazlar darajasiga kelib qolgan. Qolaversa, afsunlar matnidagi takrorlar, parallelizilar, bir xil marom(ritm), sinonimlaridan foydalanish, bog'lovchilarning ko'p qo'llanishi ushbu matnlarga muayyan darajada hissiy ta'sir ko'rsatish xususiyatini ham bag'ishlaganki, bu xususiyat ham afsun-duolarni folklorning amaliy vazifa o'tovchi janrlari sifatida o'rganish huquqini beradi. Mana shu mulohazalardan kelib chiqilgan holda biz ishimizning mazkur bobida o'zbek xalq afsun-duolarining badiiy xususiyatlari haqida so'z yuritishga harakat qilamiz. Ma'lumki, «poetika» termini ikki ma'noda, ya'ni nazariya va badiiylik ma'nolarida qo'llaniladi.1 Biz ushbu termini faqat ikkinchi ma'noda ishlatamiz. Xuddi shu ma'noda boshqa xalqlarning afsun-duolari ancha o'rganilgan. Keltirilgan adabiyotlardan ko'rinib turibdiki, rus xalq afsun-duolari turli jihatdan, poetik tabiati nuqtai nazaridan ham ancha jiddiy o'rganilgan. B.Sarimsoqovning badik, kinna kabi afsun-duolar haqidagi tadqiqotidan boshqa bu sohada qilingan maxsus birorta ham tadqiqot ko'zga tashlanmaydi3. Mana shu holatni hisobga olib biz quyida o'zbek xalq afsun-duolarining badiyligi haqida fikr yuritishni lozim topdik. Shuni ham alohida aytib o'tish lozimki, afsun-duolar badiiyati masalalari ham nihoyatda keng qamrovli masala bo'lib, u asl ma'noda afsun-duolarning ham mazmuniy jihatlaridagi, ham shaqliy jihatlaridagi badiiyatini qamrab oladi. Bu ikki jihatning barcha muammolarini hal etish ancha mushkul. Shuni hisobga olib biz afsun-duolar badiiyatidagi uch masala haqida fikr yuritishni lozim topdik. Bular, afsun-duolarning kompozitsiyasi, obrazlar tizimi, shaqliy xossalaridan iborat. Bu uch masala afsun-duolarning janriy xossalarini, obrazlar dunyosi va badiiy-tasviriy, badiiy-ifodaviy xususiyatlarini to'la ifodalay oladi. Ma'lumki, afsun-duolarning tuzilishi ko'pgina tadqiqotchilarning diqqat-e'tiborini o'ziga jalb etib keladi. Jumladan, rus olimi YE.G.Kagarov afsun-duolarni besh qismdan iborat tuzilishga ega deb izoxlaydi4. Uningcha, har bir afsun-duo quyidagi qismlardan: 1) xudo va payg'ambarlarga murojaat, ulardan madad so'rash, 2) epik qism, 3) lirik qism, 4) mistik qism, 5) yakundan iborat. Epik qismning o'zi esa: 1) afsunxon tomonidan qilinadigan xatti-harakatga ko'rsatma ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.31 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.31 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga