O'zbek xalq ertaklari - ma'naviyat xazinasi

O'zbek xalq ertaklari - ma'naviyat xazinasi

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq ertaklari - ma'naviyat xazinasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq ertaklari-ma'naviyat xazinasi Xalqning asl qiyofasi, avvalo, uning ma'naviyatida ko'zga tashlanadi. Zero, insoniy buyuklik, ijtimoiy - iqtisodiy yuksalishining boshi ham ma'naviyatdadir. Shu boisdan ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ma'naviyatga e'tibor milliy siyosatimizning muhim tamoyillaridan biri sifatida amalga oshirilmoqda. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, xalq og'zaki ijodi namunalarini to'plash, urf -odat, an'ana va marosimlarni yo'lga qo'yish ana shu siyosat sharofati o'laroq umumxalq, umumdavlat ishiga aylandi. Xalqimiz badiiy tafakkurining nodir namunasi bo'lgan ertaklar ham milliy ma'naviyatimizning bebaho manbai sifatida qadrlanadi. Shu ma'noda olamni bilish, idrok etishning eng ibtidoiy tasavvur mahsuli bo'lgan hayvonlar haqidagi ertaklarning kelib chiqishi, shakllanishi va ijod jarayonida epik asar darajasida o'rin ola borishi tarixini o'rganish bugungi kun ma'naviyati talablaridan sanaladi. O'zbek xalq ertaklari tizimida hayvonlar haqidagi ertaklar alohida turkumni tashkil etadi. Mazkur turga oid ertaklar yaratilish asosiga ko'ra nihoyatda qadimiy, tarqalishi jihatdan eng ommaviy va xalqchil bo'lib, og'zaki nashriy ijodning eng noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, hayvonlar haqidagi ertaklar ajdodlarimiz badiiy tafakkurining ajralmas tarkibiy qismi sifatida tarixiy, badiiy va tarbiyaviy qimmati bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, hayvonot olami mo'jizakor, o'ziga xos rang - barang va ko'p qirrali, shu bilan birga maftunkor va murakkab tabiati bilan dunyo yaralgandan buyon tafakkur egalarini o'ziga jalb etib kelmoqda. Binobarin, inson xali tog'u -tosh va g'orlarda yashagan davrlardayoq tabiat va hayvonot dunyosidan o'ziga xos hamohanglik, uyg'unlik hamda umumiy mushtarak jihatlarni qidirgan, kashf etgan, ularni o'rganish, hatto ta'sir etish yo'llarini izlagan. Bu bilan inson butun borliq mohiyatini ilg'ash, demakki, kurrai zamindagi hayot rivojini teranroq tushunish va anglash harakatida bo'lgan. Chunonchi, tabiat va hayvonot dunyosi, umuman borliq uning tasavvurida ba'zan g'ayritabiiy mo'jizalar girdobida, ba'zan esa daxshatli hodisalar qurshovida namoyon bo'lgan. Bu tarzdagi sodda, ayni paytda murakkab tasavvurlar mifik olam ibtidosi sifatida dastlab afsonalarda, keyinchalik esa ertaklarda o'zining badiiy ifodasini topgan. Binobarin, mazkur hodisa ibtidoiy jamiyatning dastlabki bosqichlariga xos davrlararo mafkura tushunchasi bilan izohlanadi. Demak, o'sha davr ruhiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, g'oyaviy maqsadlar mohiyati shuni taqozo etganligi oydinlashadi. Darhaqiqat, mohiyat hodisada namoyon bo'lganidek, ibtidoiy odamning hayvonot olami haqidagi tushuncha va tasavvurlari uning afsona va ertaklarida ko'zga tashlanadi. Hayvonlar dunyosi tasvirlangan dastlabki afsona va ertaklar oddiy hamda soddaligiga qaramay, o'ziga xos chuqur mazmunga ega. Zero, bunday qadimiy janrlar mazmunida ibtidoiy ovchi va chorvadorning hayvonlarga bo'lgan munosabati, ovlash yoki o'rganish jarayonida to'plangan bilim va tajribalari, iqtisodiy manfaat va maqsad yo'lidagi intilishlari, orzu - niyatlari, irodaviy xatti - harakatlari, bir so'z bilan aytganda, sodda dunyoqarash va urug', qabilalararo munosabatlarning kuchli ta'siri sezilib turadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarning dastlabki namunalari ajdodlarimiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.68 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.68 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga