O'zbek xalq ertaklari modulini o'qitishda multimediya vositalaridan foydalanish

O'zbek xalq ertaklari modulini o'qitishda multimediya vositalaridan foydalanish

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq ertaklari modulini o'qitishda multimediya vositalaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq ertaklari modulini o'qitishda multimediya vositalaridan foydalanish mavzusidagi BITIRUV LOYIHA ISHI MUNDARIJA KIRISH……3 I BOB. O'ZBEK FOLKLORI MODULINI O'QITISHNING NAZARIY MASALALARI 1.1. O'zbek folklori moduli taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari10 1.2. O'zbek folklori modulini o'qitishga doir innovatsiyalar va ilg'or xorijiy tajribalar21 II BOB. O'ZBEK XALQ ERTAKLARI MODULINING O'QUV-USLUBIY TA'MINOTI 2.1. Ma'ruza matni29 2.2. Modul yuzasidan keyslar to'plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar61 2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta'lim yuzasidan ko'rsatmalar69 KIRISH O'zbek folklori fanini o'qitishda modulli yondashuvning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov: Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud, ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozil-u fuzalolar, olim-u ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan deydilar. Bu so'zlardan quvonib, kishining boshi ko'kka yetadi, albatta. Ammo bu mas'uliyatli topshiriqni chuqur his etish biz murabbiylar uchun katta ishonch va vazifalar yuklaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o'rganish, o'zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan bir yo'li ta'lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni barkamol, komil inson qilib tarbiyalash ekanligi doimo biz - pedagoglarning e'tiborimizdadir. Bizning bosh maqsadimiz ham ma'nan barkamol, mustaqil fikrli shaxs tarbiyalashdir. Bu borada ta'lim sohasi katta ahamiyat kasb etadi. Ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning chegarasi va poyoni yo'q. Toki hayot davom etar ekan, ta'lim ham, tarbiya ham zamon o'rtaga qo'yayotgan yangi-yangi talablarga ko'ra muttasil ravishda o'zgarib-yangilanib boraveradi. Faqat biz bu sohadagi dastlabki qadamlarimizni to'g'ri qo'ya olsak, poydevorni mustahkam qilib barpo etsak, men shunga isxonamanki, bugungi avlod uning samarasidan bahramand bo'lajak, kelgusi avlod esa bizning qilgan ishlarimizni ehtirom va minnatdorlik tuyg'usi bilan eslaydi. Mamlakatimiz ijtimoiy-ma'naviy hayotining barcha sohalarida bo'lganidek, ta'lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar yo'lga qo'yildiki, bunda ta'lim-tarbiya tizimiga, oliy ta'limning o'quv-tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish, samaradorligini ortirish talab etilmoqda. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2016-yil 13- maydagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risidagi Farmoni o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari oldiga zamonaviy ta'lim texnologiyalarini chuqur o'zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash, umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tili va adabiyoti fanini o'qitishning yangi va samarali metodlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish borasida ulkan vazifalarni qo'ydi. Respublika birinchi Prezidenti ushbu farmonida yana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 5.92 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 5.92 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga