O'zbek xalq ertaklari

O'zbek xalq ertaklari

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq ertaklari - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq ertaklari REJA: Ertaklar fol'klorning keng tarqalgan ommaviy janrlaridan biridir. Ertaklar o'ziga xos mavzu va g'oyaviy yo'nalishi hamda ta'limiy-estetik funksiyasi bilan ajralib turadi. Ideal qahramonning g'ayri tabiiy kuchlarga qarshi chiqishi, mo''jizaviy narsalarni o'zga yurtlardan olib kelishi, devlar olib qochgan qizlarni qutqarishi, o'zga yurt malikalari, parizodlarga oshiq bo'lishi, bedavo dardlarga davo topishi kabilar ertaklarning mavzu doirasini belgilaydi. Ertak uchun ham xalq og'zaki ijodiga xos barcha sifatlar: og'zakilik, jamoaviylik, an'anaviylik, anonimlik, versiya va variantlilik xosdir. Ertakning o'ziga xos xususiyati voqeabandlik, biror voqeani mukammal hikoya qilish tarzida ko'zga tashlanadi. ertaklar voqelikni hayotiy va xayoliy o'ydirmalar vositasida kishilarda badiiy zavq uyg'otadigan shaklda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Ertaklar xalq hayoti, ijtimoiy turmushi, ma'naviy dunyosi, dunyoqarashi bilan uzviy bog'langandir.Ertak janri dunyo xalqlari fol'klorida so'z san'atining eng ommaviy, eng demokratik turi hisoblanadi. Xalq ertaklarimizning badiiy ijod namunasi sifatidagi janr xususiyatlari quyidagilardan iborat: Ertaklar xalq og'zaki ijodining epik jinsi (turi)ga mansub. Ertaklar, asosan, nasrda yaratiladi. Faqat ayrim asarlardagina («Yoriltosh», «Tohir va Zuhra» va b.) qo'shiqni eslatuvchi she'riy parchalar uchraydi. «Bir bor ekan, bir yo'q ekan» boshlamasi va «murod-maqsadiga yetibdi» yakunlanmasi ertaklarning an'anaviy belgisi hisoblanadi. Xayoliy-fantastik tasvir ertaklar syujetida qo'llanadigan ustuvor usuldir. Ertaklarning umumiy mazmunida IMF formulasi doimiy takrorlanadi. Har bir ertak I - initsial - boshlanma; M - medial - asosiy qism; F - final - yakunlanmadan iborat bo'ladi. Xalq ertaklarimizning badiiy ijod namunasi sifatidagi janr xususiyatlari quyidagilardan iborat: Folklorshunos olimlar xalq ertaklarini quyidagicha tasnif qiladilar: Hayvonlar haqidagi ertaklar. Sehrli ertaklar. Hayotiy-maishiy ertaklar Fantastika ertak mezoni, uning joni va qonidir. ertaklar fantastikaning tutgan o'rniga va me'yoriga qarab ikki guruhga bo'linadi: 1. Fantastika ustun bo'lgan ertaklar. 2. Hayotiylik ustun bo'lgan ertaklar. Ertaklarning paydo bo'lishi uzoq o'tmishga, sinfsiz jamiyatga borib taqaladi. Ertak atamasi Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» asarida «yetuk» shaklida qo'llangan. Ertaklarda xalqning tilak va orzulari aks etadi. Uzoq proletar yozuvchisi A.M.Gor'kiy o'zining «Ming bir kecha»ga yozgan so'zboshisida ertak janri va uning g'oyaviy-badiiy ahamiyati to'g'risida qimmatli fikrlar bildirgan edi. Ertak termini xalq orasida uzoq asrlardan beri yashab keladi. Ertak termining ma'nosi turlicha. Ertak qadimgi avvalgi ma'nolarini ifodalaydi. Samarqand, Surxandaryo oblastlarining ayrim rayoni va qishloqlarida «ertak» o'rniga «matal» so'zi qo'llanadi. «Matal» terminini Farg'ona shevalarining ayrimlarida ham uchratish mumkin. Buxoroning ba'zi rayonlarida «ushuk» termini qo'llanilsa, Toshkentda «cho'pchak» ishlatiladi. Ertak termini qozoqlarda «ertak», «tolg'on», «utruk», qirg'izlar «jojomoq», turkmanlarda «erteki», «hekoya», «buderek gurun», «yalan», qoraqalpoqlarda «ertak», «jolg'on», «qalpeki», «o'ylab shig'oltilg'on» deb ataladi. Taniqli fol'klorshunos olim M.I.Afzalov xalq ertaklarini shartli ravishda ikki qismga ajratadi. 1. Fantastik ertaklar. Bunday ertaklarda fantastik moment kuchli bo'lib, ularga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.9 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.9 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga