O'zbek xalq maqollari va matallarida chegara munosabati

O'zbek xalq maqollari va matallarida chegara munosabati

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq maqollari va matallarida chegara munosabati - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq maqollari va matallarida chegara munosabati Reja: Kirish. I bob. O'zbek folklorshunosligida paremiologik janrlarni o'rganish tarixi I.1. Xalq maqollarining janr xususiyatlari I.2. Xalq iboralarining janr xususiyatlari I.3.Xalq matallarining janr xususiyatlari II bob. O'zbek xalq maqollari, matallari va iboralarida mazmun munosabati II. 1. Xalq maqollarida tugal mazmun ifodasi II. 2. Xalq iboralarida majoziy fikr II. 3. Xalq matallari nutq bezagi II. Xulosa Kirish Mavzuning dolzarbligi. Xalqimiz boy ma'naviy me'rosining ajralmas bir bo'lagi sifatida yashab kelayotgan maqol, matal va iboralarni o'rganish, ularda aks etgan xalq hayotini, insoniy tuyg'ular tasvirini ko'rsatish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. Bu xususida prezidentimizning shunday fikrlari bor: Ma'naviyati, o'z xalqining tarixini, uning madaniyatini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi.(Karimov. I O'zbekiston milliy istiqlol iqtisod, siyosat-mafkura. 6 tomlik T.: O'zbekiston. 1996, 80-bet) O'zbek xalq maqollari, matallari va iboralarini qiyosiy o'rganish bugungi kunda adabiyotshunoslik, tilshunoslik, xususan, folklorshunoslikning oldida turgan muhim masalalardan biridir. Yuqorida sanab o'tilganlarning janr xususiyatlarini, ular orasidagi mazmuniy hamda shaqliy bog'liqliklarni o'rganish orqali bular orasidagi chegarani ochish mumkin bo'ladi. Agar ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali ma'lum maqsadga erishsak, ya'ni janrlar orasidagi o'zaro chegara munosabatini oydinlashtirsak, u holda o'zbek xalq maqollari, matallari va iboralaridagi to'plamlar tarkibida ham o'zgarish yuz beradi. Bunday to'plamlarning tarkibini qayta ko'rib chiqish asosida mavzuning dolzarb ekanligi anglashiladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda maqol, matal va iboralarning munosabatini o'rganishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Biz bu o'rinda quyidagi masalalarga to'xtalishni lozim deb topdik. Maqollarning janr xususiyatlarini ochish; Matallarning janr xususiyatlarini ochish; Iboralarning janr xususiyatlarini tekshirish; Xalq maqollarida tugal mazmunning yuzaga chiqish yo'llarini tahlil qilish; Xalq iboralarida majoziy fikrning namoyon bo'lishini ochish; Xalq matallarini nutq bezagi sifatida tushunishni amaliy dalillashdan iborat. Ushbu bitiruv malakaviy ishida janrlar orasidagi munosabat tadqiq etilib, maqol, matal va iboralarning o'ziga xos jihatlari, g'oyaviy- badiiy xususiyatlari o'zbek xalqi ma'naviyatida tutgan o'rni yoritib beriladi. Mavzuning o'rganilish darajasi. O'zbek xalq maqollarini to'plash va o'rganish XI asrda Mahmud Koshg'ariy tomonidan boshlab berilgan. Uning Devoni lug'otit turk asarida 268 ta maqol keltirib o'tilgan. Chin ma'noda xalq maqollarini o'rganish, ularga qiziqish, to'plash XX asrdan boshlandi. O'zbek xalq maqollarini to'plash va nashr qilishda missioner N. G. Ostroumovning xizmati katta. 1922-yilda G'ozi Olim Yunusov o'zbek xalq maqollarini to'pladi. Keyinchalik Mulla Bekjon Rahmon o'gli tomonidan Xorazmda to'plangan 560 maqolni o'z ichiga olgan O'zbekcha otalar so'zi 1923-yilda nashr etildi. Sherali Ro'zi esa O'zbek maqollari nomli to'plamini 1926-yilda taqdim etdi. Bundan tashqari Mansur Afzalov boshchiligida ham maqollar to'plami yaratilgan. Unga 2500 dan ortiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.09 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.09 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga