O'zbek xalq og'zaki badiiy ijodi Reja: Xalq og'zaki badiiy ijodi haqida umumiy ma'lumot. Fol'klor atamasi etimologiyasi. Xalq og'zaki badiiy ijodi tarixi va uning asosiy janrlari. O'zbek xalq og'zaki badiiy ijodi badiiy ijodi va boshqa xalqlar folklorining mushtarakligi, farqli tomonlari. Folklorshunoslik-xalq og'zaki badiiy ijodini o'rganuvchi fan. O'zbek folklorshunosligining taraqqiyot bosqichlari. O'zbek folklorshunosligida xalq eposini o'rganishda yo'l qo'yilgan kamchiliklar, bugungi kunda qo'lga kiritilgan yutuqlar Tayanch so'zlar: Xalq og'zaki badiiy ijodi, fol'klor, epos, maqol, xalq qadriyatlari, O'g'uznoma, Kitobi dadam Qo'rqut, Mаhmud Qoshg'ariy Devonu lug'atit turk, A.Yugnakiy Hibatul haqoyiq, Yuf Xos Hojib Qutadg'u bilig O'zbek xalq og'zaki badiiy ijodi o'zbek xalqining asrlar davomida ijodkor farzandlari tomonidan yaratilgan madaniy merosidir. Bu meros maqollar, matallar, latifalar, qo'shiqlar, ertaklar, dostonlar va boshqa janrlardan iborat hisoblanadi. Og'zaki ijodning tarixiy ildizlari Markaziy Osiyoda yashab o'tgan turkiy xalqlarning mifik dunyoqarashiga borib taqaladi. Mazkur mifik dunyoqarash Urxun-Enasoy yozuvchilari , O'g'uznoma, Kitobi dadam Qo'rqut, Qoshg'ariy tuzgan Devonu lug'atit turk, A.Yugnakiyning Hibatul haqoyiq, Yuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig kabi adabiy yodgorliklar bilan bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi 1991 yil mustaqillikka erishganidan so'ng xalq o'zaki ijodiga milliy qadriyatlarning bir qismi sifatida munosabatda bo'lish boshlandi. Mustaqil respublika ma'muriyati zudlik bilan milliy mafkura asoslarini yaratishni kun tartibiga qo'ydi. Ayniqsa, president I.A.Karimovn in g 1997 yil 31 avgust kuni Oliy Kengash noiblari huzurida 1 chaqiriq 1X sessiyasida Barkamol avlod-O'zbekiston kelajagining poydevori mavzuyidagi nutqida og'zaki ijod asarlariga milliy mafkura tamoyillari singdirilgan ma'naviy qadriyatlar sifatida munosabatda bo'lish masalasiga alohida e'tibor berildi. 1997 yil 6 oktabr kuni Respublika bo'yicha Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi qabul qilindi. Mazkur dastur matnida ham xalq qadriyatlari yosh avlodni milliy mafkura asosida tarbiyalashning manbalaridan biri sifatida baho oldi. Shuningdek, 1991 yildan buyon Nabro'z bayramiga ajratilgan e'tibor, 1998 yilning 13 yanvar kuni president I.A.Karimov Alpomish dostonining 100 yilligini nishonlash haqidagi farmonga imzo chekdi… Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng milliy ma'naviyatga qanchalik yuqori baho berilayotganidan, madaniy merosimizga e'tibor keskin ijobiy tomonga o'zgarganidan dalolatdir. Shuning uchun o'zbek filologiyasi fakul'tetida o'qish maqsadini bildirgan talaba xalq og'zaki poetic ijodiga shunchaki dam olish, hordiq chiqarish ob'ekti sifatida emas, xalqning milliy ruhi aks etgan tarixiy hujjat sifatida munosabatda bo'lish ko'nikmasini shakllantirmog'I lozim. Ma'lumki, 1993 yildan O'zbekistondagi umumta'lim maktablarida adabiyot fani bo'yicha yangi dastur asosida o'quv mashg'ulotlari uyushtirilmoqda. 199 yildan Respublika Vazirlar mahkamasi Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi asosida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini ochish haqida qaror qabul qildi. Mazkur qarorning hayotga tadbiq etilishi natijasida xalq og'zaki poetic ijodi kursini alohida nazariy kurs sifatida o'rganish masalasi amalgam oshmoqda. Bu esa, bo'lajak adabiyot o'qituvchisiga ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.15 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.15 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:29 ]
Arxiv ichida: doc