O'zbek xalq og'zaki nasri Reja: Xalq og'zaki nasri va uning tarkibi. Mif (asotir) atamasining mohiyati, janming o'ziga xos belgilari. Mifologiya-miflarni o'rganuvchi fan. Afsona istilohi haqida tushuncha va janr tabiati. Afsonaning mavzusiga ko'ra turlari va uning ertak hamda rivoyatdan farqi. Rivoyat janri tabiati, o'ziga xos xususiyatlari va turlari. Naql janrining tabiati, kompozitsion qurilishi, badiiyati, turlari. Latifa atamasining lug'aviy va istilohiy ma'nosi, janr tabiati. Latifalar qahramoni. Nasriddin Afandi obrazining badiiy mohiyati. Ertak istilohi haqida tushuncha, janr genezisi, ijro etish tartibi. Ertaklar tasnifi, badiiyati, tarbiyaviy ahamiyati. Og'zaki nasriy asarlar tuzilishi jihatidan xalq lirikasi va og'zaki dramasi namunalaridan ajralib turadi. Bu farq, asosan, voqelikni ifodalash yo'liga qarab belgilanadi. Chunki xalq nasriy asariarida voqealar aniq va mukammal sujet asosida bayon etiladi, tafsiliylik ustunlik qiladi. Ularda emotsionallik, metrik o'lchov uchramaydi, voqelik epik nutq vositasida bayon etiladi. Xalq og'zaki nasriy asariarida sujet muhim o'rin tutadi. Ular hech qachon sujetsiz bo'lmaydi. Nasriy asarlar sujetini kirish (ekspozisiya), tugun, epik sarguzasht yoki voqealar rivoji, kulminasiya (asaming eng ayj nuqtasi), yechim kabilar tashkil etadi. Xullas, xalq og'zaki badiiy ijodi asosida yaratilgan nasriy asarlar xalq prozasi nomi bilan yuritiladi. Ular g'oyaviy mazmuni jihatidan xalq ruhi va orzu-niyatlarini aks ettiradi. Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak kabi janrlardagi folklor asarlari xalqog 'гли nasrtarkibigakiritiladi. Ular, awalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo'lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi. Shundan so'ng ertak, naql, doston va yana keyinroq latifa janrlari shakllangan. Og'zaki nasrning ilk namunalarida qadimiy urf-odat va marosimlarning bayoni, real voqea va hodisalar, olam haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy shaklda ifodalangan. Real voqea-hodisalarning badiiy talqini esa nasriy og'zaki asarlar tarkibidagi epik motivlarni yuzaga keltirgan. M.Jo'rayev o'zbek folklorshunosligida xalq nasri janrlarini tasnif qilishning mezonlari sifatida badiiy asarning mavzu doirasi, badiiylik darajasi, voqeiikni talqin qilish usuli, vaqt va makon belgisi, maishiy-funksional qamrovi e'tiborga olinishi lozimligini ta'kidlab, shunga ko'ra xalq nasri janrlarini a) badiiy nasr janrlari (ertak, latifa, naql, qissa va lof) hamda b) ma'rifiy nasr janrlari (mif, afsona, rivoyat, demonologik hikoya, og'zaki hikoya) kabi ikki katta guruhga ajratadi.37 Mif(Asotir) - xalq og'zaki poetik ijodining ilk mahsulidir. U eng qadimgi davr folklorida ibtidoiy tasawurlar asosida yaratilgan. Mif - grekcha «mythos - so'z, rivoyat» so'zidan olingan bo'lib, qadimgi odamning borliq, oiamjumboqlari, tabiat va koinot sirlarini bilishga intilishi, bu boradagi ilk tasavvurlari va xulosalari, xudolar, pahlavonlar haqidagi qarashlari asosida paydo bo'lgan. Mif - ongsiz badiiy to'qima mahsuli. Unda fantastika, xayoliy uydirma yetakchiik qiladi. Ibtidoiy inson mifdagi voqeiikni inkor etib boimas haqiqat sifatida qabul qilgan. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.68 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.68 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:30 ]
Arxiv ichida: docx