O'zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni

O'zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mustaqillik bayrami va uning vazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Tarbiyaviy maqsad: yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg'ulariniruhini o'stirish. Mustaqillik, erkinlik, O'zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug'lash, o'zlikni anglash tuyg'ularini shakillantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o'stirish. Darsning turi: Aralash. Darsning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash. Darsning jihozi: Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli sur'atlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, Vatan tuyg'usi darsligi, Islom Karimovning Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar. Texnik jihoz: proyektor, ekran. Vatan tuyg'usi, Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo'lganlaridan foydalanish. Darsning texnik chizmasi: Darsning borishi: tashkiliy qisim: O'quvchilarni faollashtirish uchun savollar. savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so'ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O'zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o'quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi). O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Mustaqillik - biz uchun nafaqt iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o'zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli sal bo'lmasa unitilayotgan, devorlari qulash darajasiga kelib qolgan qadriyatlarimiz tilandi, sayqal topdi. Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so'zning zamirida katta va ulug' huquqqa ega bo'lishdegan tushuncha mujassam. 2-savol. Shu aziz Vatan - barchamizniki deganda nimani tushunasiz? O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz. Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saoati, yorug' istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashihs, kerak bo'lsa jonini fido qilishi, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir. 3-savol. Nima uchun Tinchlik uchun kurashmoq kerak deyiladi? Hech o'ylab ko'rganmisiz? O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o'zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya bo'ling degani - avvalo, OGOHbo'lish degani. Hushyorlik ogoh bo'lib yashash - bu kundalik yokiy bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo'lishi lozim. Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O'zbekiston davlatining uchta ustunidir. 4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapdi? O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o'zgarish avvalo inson uchun, uning hayotini faravon etish uchun amalgam oshirilmoqda. Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.12 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.12 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga