O'zbekistonda 1917 - 1924 yillarda maktab va marifat

O'zbekistonda 1917 - 1924 yillarda maktab va marifat

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbekistonda 1917 - 1924 yillarda maktab va marifat - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda 1917-1924 yillarda maktab va ma'rifat 1917 yil to'ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-mafkuraviy va xalq maorifi sohalarida keskin o'zgarish yuz berdi. Turkiston o'lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma'rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog'ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi. Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G'ozi Yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko'rsatdilar. 1917 yil fevralidan oktabr orasida Turkistonning yirik shaharlarida turli tillarda dars beriladigan xususiy maktablar ochildi. Turkiston o'lkasining markazi - Toshkentda 1917 yil 9-14 may kunlari o'qituvchilarning 1-o'lka qurultoyi bo'lib, bunda «Turkiston o'qituvchilar ittifoqi» tashkil etildi. 1918 yil 9 aprelda Munavvar Qori uyida to'plangan jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo'limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo'limi dasturlarini tuzadilar. O'sha yilning 3 mayida dorilfununning musulmon bo'limi rahbariyatiga saylov bo'lib, unda Munavvar Qori rais (rektor), Iso To'xtaboyev birinchi muovin, Burxon Habib ikkinchi muovin, Abdusamad Qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bokir sarkotib bo'lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shahar qismida Vikula Morozovning sobiq do'koni binosi (hozirgi o'zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun Xalq dorilfununi ochiladi. Bu bo'lim tez orada o'ziga xos yirik bilim maskaniga aylanadi. Universitet tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-matematika, tarix-filologiya, qishloq xo'jaligi va texnika fakulteti bor edi. 1919 yil fevraldan universitet qoshida ishchi fakulteti ham faoliyat ko'rsata boshladi. 1918 yil noyabrda Toshkentda maxsus sharqshunoslik ixtisosligidagi oliy ta'limning to'ng'ichi - Turkiston sharq instituti tashkil qilindi. Institut haqidagi Nizomda uning asosiy vazifalari qilib Turkiston mahalliy aholisi va qo'shni mamlakatlar aholisi tilini yaxshi biladigan sharqshunos olimlar va amaliyotchi xodimlar tayyorlashdir, deb belgilab qo'yilgan edi. 1920 yilda Turkiston xalq universitetiga muqobil Turkiston davlat universiteti (keyin O'rta Osiyo, hozirgi M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti) tashkil qilindi1. Universitet faoliyatining birinchi yili oxiriga kelib unda 6 ta fakultet: ijtimoiy-iqtisodiy, tarix-filologiya, fizika-matematika, texnika, tibbiyot, qishloq xo'jalik fakultetlari ish olib bordi. Vaqt o'tishi bilan universitet faqat eng yirik o'quv yurtigina emas, balki ilmiy-nazariy va amaliy tafakkurning, tabiiy va amaliy fanlarning juda xilma-xil sohalari bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlarning eng muhim markazi ham bo'lib qoldi. Bolsheviklarning aksil milliy, umuminsoniy ilg'or ma'rifatchilikka dushmanlik qilishlariga qaramasdan 1917-1924 yillarda O'zbekistonning hozirgi hududida madaniy-ma'rifiy turmush vujudga keldi, xalq ma'naviyatida o'z aksini topdi. Xalq ta'limining iste'dodli tashkilotchilari Abdulqodir Shakuriy, Ismatulla Rahmatullayev, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 424.32 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 424.32 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga