Abdulla Avloniy hayoti va ijodi (1848-1934 YIL) Reja: Avloniyning hayot yo'li. ma'rifatparvarlik qarashlari. Noshirlik va teatrchilik faoliyati. Avloniy - yetuk shoir. Avloniy - dramaturg. O'zbek adabiyotining yuksak bosqichga ko'tarilishida o'zining benazir fazilatlari bilan ulkan hissa qo'shgan Abdulla Avloniy 1848 yil 12 iyul Toshkentning Eski shahar Shayhontohur daha Mergancha mahallasida faqir bir oilada tug'ilgan. Otasining ismi Miravlon, onasining ismi Fotima bo'lib, otasining tub kasbi to'quvchi. U Yarmarka bozorida yoymachilik qilib, bo'z va chit bilan savdo qilar edi. Shunday bo'lsa-da, farzandlar ta'lim-tarbiyasiga katta etibor bergan Miravlon aka o'g'li Abdullani 1885 yilda boshlang'ich maktabga o'qishga beradi. Bu yerda u Akromxon domlada savodini chiqaradi. Shoir Abdulla o'z tarjimai holida ibtidoiy o'qish yillarini shunday yozadi: «1890 yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars o'qiy boshladim. Yoshim 13 ga etgach, yo'qsillik menga ta'sir qildi. Yoz kunlarida mardikorlik qilib, ota-onamga biroz yordamda bo'lib, qish kunlarida o'qir edim. So'ngra O'qchi mahalladagi domlamizning kam hafsalaligidan o'quvda davomsizligidan O'qchi madrasasin tark etib, 14 yoshimda Shoyhontovurdagi Abdulmalikboy dahmasiga kelib Mullo Umar Oxunddan dars o'qiy boshladim. Bu chog'larda ham qish kunlarida o'qib, yoz kunlarida mardikor ishlamoqqa majbur edim. 1894 yildan boshlab sher yozishga tutindim. Zamonga muvofiq, har xil mavzuda sherlar yoza boshladim. 18 yoshdan boshlab, mardikorlikdan qutulib, ustochilik darajasiga erishdim. G'isht ustochiligi, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik ustolig'ini qilar edim. 1890 yilda uylanib, oila boshlig'i bo'lib qoldim. Shu yilda otam o'lib, o'gay onam bilan bir ukam qaramog'imda menga boqim bo'lib qoldi. Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ham ishlamoqg'a to'g'ri kelganligidan quvvati muhofazam o'rta daraja bo'lg'on holda madrasani tashlab chiqib ketuvg'a to'g'ri keldi. Shul chog'larda o'zim mehnat ichida yashaganligimdan boylarga va mullalarga qarshi sherlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalara o'qishga tutindim. Shul zamonlarda Rusiyaning turli shaharlarida matbuot va jurnallar bilan tanishib, o'qib ma'lumotimni orttira bordim. «Tarjimon» gazetasini o'qib zamondan xabardor bo'ldim». Avloniy siyosiy faoliyatini ma'rifatparvarlik bilan qo'shib olib borishini eng to'g'ri yo'l deb bildi. Furqat va Sattarxonlar boshlab bergan, Saidrasul Aziziy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Shakuriylar tomonidan yangicha shakllarda davom ettirilgan ma'rifatparvarlikni rivojlantirdi. U Mirobodda «usuli savtiya» deb ta'riflangan maktab ochdi. Unda o'qitishning bepul bo'lishidan tashqari, savod tez chiqarilar edi. Yangi maktab haqidagi bunday iliq gaplarning el orasida tez tarqalishi tabiiy, albatta. Eshitganlar kambag'albop maktab ochilganligidan xursand bo'lib birin-ketin oqib kela boshladilar. Bu esa eski usuldagi maktabdorlar g'azabini kuchaytirdi. Avloniy kamsitildi, tahqirlandi, taqib ostiga olindi. Lekin bu fitnalar uning qalbidagi ma'rifat olovini bir lahza bo'lsa-da, so'ndira olmadi, aksincha alangalantirdi. 1908 yilga kelib Avloniyga qarshi fitnalar yanada kuchaydi. G'arazgo'ylar ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.21 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.21 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:42 ]
Arxiv ichida: doc