Abdulla Oripov ijodi R e j a 1. Yangi o'zbek adabiyoti tarixida Abdulla Oripov ijodining tutgan o'rni. 2. A.Oripovning hayot yo'li. 3. A.Oripov lirikasi. 4. A.Oripov dostonlari. 5. A.Oripov dramalari. 6.Tanqid va adabiyotshunoslikda A. Oripov ijodining o'rganilishi. ABDULLA ORIPOV (1941 yilda tug'ilgan) Abdulla Oripov 60-yillarda Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdieva, Oydin Hojieva singari ijodkorlar bilan bir qatorda o'zbek adabiyotiga kirib keldi. Shoir ijodining ilk davridan boshlab o'z uslubi va o'ziga xos yangroq ovozi bilan sheriyatimizda yangilik yaratib, ko'pchilikning diqqatini o'ziga jalb qildi. Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko'z qishlog'ida tug'ilgan. U 1958 yilda Toshkent Davlat Universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo'limiga kirib, 1963 yilda tamomlagan. So'ngra u 1963-74 yillar oralig'ida nashriyotda, 1974-80 yillarda Sharq yulduzi, Gulxan jurnallarida ishladi. Undan keyin O'zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatdi. Abdulla Oripov qisqa vaqt davomida mualliflar huquqini himoya qilish qo'mitasiga rahbarlik qildi. Hozirgi kunda shoir O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining rahbaridir. Qishloqdagi masumona mayus hayot, tabiat sokinligi, muhabbat kabi tuyg'ular uni shoirlikka undadi. Shoir ko'nglining ilhom bulog'i ochildi. Shoirning ilk sherlari talabalik davrida matbuotda elon qilina boshladi. Abdulla Oripovning birinchi to'plami 1965 yilda Mitti yulduz nomi bilan bosilib chiqdi. Shoirning bazi ilk sherlarida mavhumlik alomatlari, bahsli va ziddiyatli o'rinlar sezilardi. Biroq ularni g'oyaviy nuqson sifatida emas, balki o'sish qiyinchiliklari tarzida qabul qilish lozim. Mitti yulduz to'plami shoirning haqiqiy ijod yo'liga kirganligidan dalolat beruvchi kitob sifatida maydonga kelgan edi. Abdulla Oripov bu to'plamga kiritilgan sherlarida tabiat manzaralari tasviriga ko'proq o'rin beradi. Masalan Archa sherida shoir o'zining tuyg'ulari yuksak cho'qqiga ko'tarilganligini ko'rsatishga harakat qildi. Toshyo'nar usta nogahon archaning ustiga tosh tushirib yuboradi. Ammo archa bukilmaydi. Yillar o'tib, qaytib kelgan usta hayratdan qotib qoladi: archa toshni boshida ko'targancha gurkirab o'sib turardi Haqiqatdan uzoq bo'lgan bu voqea tasviri bilan shoir nima demoqchi? Bu sherda butun hayot haqiqati namoyon bo'ladi. Dastlabki chog'larda Abdulla Oripov o'zining yashashdan kuzatgan maqsadlari va asosiy estetik prinsiplarini quyidagicha ifodalagan edi: Men shoirman Istasangiz shu. O'zimniki erur shu sozim. Birovlardan olmadim tuyg'u O'zgaga ham bermam ovozim. Shoir A.Oripov Mitti yulduz sheriy to'plamidan keyin yana bir necha kitoblar elon qildi: Ko'zlarim yo'lingda (1966), Onajon (1969), Chashma, Ruhim (1971), O'zbekiston (1972), Hayrat (1974), Yurtim shamoli (1976), Najot qalasi (1980), Yillar armoni (1984), Ishonch ko'priklari (1989), Munojot (1992), Dunyo (1995), Haj daftari (1995), Saylanma (1996) shular jumlasidandir. Hozirgi kunda Abdulla Oripovni butun mamlakat yaxshi biladi va uning asarlarini sevib o'qiydi. U osonlikcha ijodiy kamolotga erishmagan albatta. Zotan, shoir yoshligidanoq ijodiy ishga katta mas'uliyat ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.86 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.86 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:42 ]
Arxiv ichida: doc