Abdulla Qahhor hikoyalarida an'anaviy folklor janrlarining hozirgi yashash shakllari 3

Abdulla Qahhor hikoyalarida an'anaviy folklor janrlarining hozirgi yashash shakllari 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Qahhor hikoyalarida an'anaviy folklor janrlarining hozirgi yashash shakllari 3 - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Qahhor hikoyalarida an'anaviy folklor janrlarining hozirgi yashash shakllari Adabiyotimizda xalq og'zaki badiiy tafakkurining g'oyaviy-estetik an'analaridan foydalanish keng rusum darajasiga ko'tarilgan. Xalq ijodidan o'rganish ijodkorning dunyoqarashi, shaxsiyati va ijodiy prinsiplari bilan chambarchas bog'liq bo'lganligi uchun ham har bir so'z san'atkori folklordan o'ziga xos ravishda foydalanadi. Birida uning ta'sir kuchi samaraliroq, birida ozroq, birida keng ko'lamda, birida esa muayyan bir yo'nalishda. Masalan, G'afur G'ulom, Oybek, Hamid Olimjonlar ijodida Uyg'un, Maqsud Shayxzodalarga nisbatan folklor ta'siri kuchliroq. Atoqli adibimiz Abdulla Qahhor ham o'zbek xalqining sodiqu solih farzandi sifatida ajdodlarining ma'naviy va madaniy merosini, millatining urf-odatlarini chuqur anglab, o'z ijodida xalq badiiy tafakkurining yutuqlarini keng qo'llab, an'anaviy folklor janrlarining hayotbahsh ta'siridan unumli foydalandi. Abdulla Qahhor ijodida folklorga xos syujet, motiv hamda obrazlar deyarli uchramasa-da, biroq xalq ijodiga xos xalqchillik va demokratizmning ko'lami keng. Folklorshunos olima, filologiya fanlari doktori S.Mirzaeva to'g'ri qayd etganidek: A.Qahhorning Raqib, Olam yasharadir, Gumroh, Aflotun muhabbati kabi ilk hikoyalaridan boshlab, 30-yillarda yozilgan va kitobxonlar orasida katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan barcha asarlarida folklorona ruh yorqin sezilib turadi. Bu o'rinda shuni ham alohida takidlab o'tish zarurki, ana shu hikoyalarda folklorga xos syujet va motivlardan adib foydalanmagan. Ammo o'tmishning mudhish lavhalari xalqning mashaqqatli hayotini jonli tasvirlarda aks ettirish uchun u folklorga xos shartli tasvir usullaridan, xalq ertaklariga xos vaziyatlardan o'rinli foydalanishga harakat qilgan. Darhaqiqat, hunarmand otasi bilan qishloqma-qishloq ko'chib yurib, voyaga etgan Abdulla Qahhor xalq tili jozibasining barcha serqirra fazilatlarini chuqur o'rganib, xalq tili boyligidan foydalanishning klassik namunasini ko'rsatdi. Yozuvchi xalq xarakteri va psixologiyasi hamda idealini chuqur bilganligi uchun ham uning asarlari tili, shu bilan birga qahramonlarning nutqi shu qadar o'tkir, shirali, ta'sirli va ixchamki, bu borada o'zbek adabiyotida Qahhorning tengi yo'q. Abdulla Qahhor uslubidagi ijobiy qahramonni ideallashtirib, salbiy qahramonni o'ta xunuk qilib tasvirlash prinsipi ham xalq ijodiyoti hayotbahsh an'analarining samarali ta'siri bilan bog'liq. Atoqli adibning jonli xalq tilida xarakterli bo'lgan tasvirlash vositalarini, yani maqol, hikmatli so'zlarni tanlab olib ishlatish sohasidagi mahorati alohida diqqatga sazovordir. U tomonidan qo'llangan har bir hikmatli so'z, maqol hamda matal asarning chuqur mazmunidan kelib chiqadi. Bu xususiyat, ayniqsa, personajlarning xarakteri, qaysi ijtimoiy qatlamga taalluqli ekanini nazarga olib, yozuvchi ularga mos keladigan maqol va iboralarni ishlatishida ko'zga tashlanadi. Masalan, yozuvchi chor amaldorlari, mahalliy mulkdorlarning ochko'zligi, poraxo'rligini ochish uchun O'g'ri hikoyasida, Quruq qoshiq og'iz yirtadi maqolidan o'rinli foydalanib, asarda ifodalangan voqeaning mag'ziga ustalik bilan singdirib yuboradi. «Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga boradigan bo'ldi. Quruq qoshiq og'iz yirtadi, aminga qancha pul olib borsa bo'ladi? Berganga bitta ham ko'p, olganga o'nta ham oz». ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.6 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.6 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga